Янгиликлар
Ozodlikdan mahrum qilingan shaxslar bilan muloqotlar davom etmoqda.
Namangan viloyati adliya boshqarmasi, tuman adliya boʻlimi, viloyat fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish arxivi, tuman tibbiyot birlashmasi hamda daxldor tashkilotlar bilan hamkorlikda oʻtkazilgan “Huquqiy koʻmak”aksiyasi doirasida bir qator tadbirlar oʻtkazildi.
Dastlab, Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari aksiyani oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad, va tadbirlar davomida amalga oshiriladigan ishlar haqida maʼlumotlar berdi.
Shundan soʻng, jazoni ijro etish muassisidan qaytgan fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot oʻtkazildi. Tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan fuqarolar chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan boʻlsa, bandlikka koʻmaklashish markazi xodimlari uch nafar fuqaroni ishga joylashtirishga koʻmaklashdi.
Shuningdek, probatsiya boʻlimi nazoratida turgan shaxslarning bir guruhi namunali xulq atvori uchun tashakkurnoma bilan taqdirlandi. Tadbirda ishtirok etgan fuqarolarga esa, Namangan viloyati adliya boshqalamasining esdalik sovgʻalari topshirildi.
Bundan tashqari, tadbir doirasida oʻtkazilgan qabulda jami 10 nafar fuqaroning murojaati tinglangan boʻlsa, shundan, 3 nafar fuqaroga sogʻligini tiklash uchun order berildi. Ikki nafariga esa, sanatoriyda bepul davolanish uchun yoʻllanma berilishi taʼminlandi. Yana 3 nafar murojaatchi ishga joylashtiriladigan boʻldi.
Mazkur tadbirda, ozodlikdan mahrum qilish joylaridan ozod qilingan shaxslar uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan kafolatlar va imtiyozlar yuzasidan ham huquqiy tushuntirishlar berildi.
Namangan viloyat adliya boshqarmasi