Янгиликлар
Ona tilim - O‘zbek tilim.
Oʻzbekistonning “Davlat tili toʻgʻrisida”gi qonuni 1989-yil 21-oktabrda – Mustaqilligimiz eʼlon qilinishidan taxminan ikki yil ilgari qabul qilingan.
Bu jarayon Oʻzbekistonning davlat mustaqilligi sari qoʻyilgan ilq qadami boʻlib, yurtimizda mustabid tuzum hali oʻz hukmini oʻtkazib turgan, gʻoyat ogʻir sharoitda xalqimizning taqdiri va kelajagini hal qiladigan bu qonunni qabul qilishiga erishldi.
Shundan soʻng, oʻzbek tili davlat tili sifatida xalqimizni birlashtiradigan, jamiyatimizni ulugʻ maqsadlar sari birlashtiradigan qudratli kuch boʻlib maydonga chiqdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida “Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili oʻzbek tilidir. Oʻzbekiston Respublikasi oʻz hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va anʼanalari hurmat qilinishini taʼminlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi”- deb mustahkamlandi:
Mamlakatimizda “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilingan kunning ulkan tarixiy oʻrni va ahamiyatiga bu qadar yuksak eʼtibor qaratilayotgani bejiz emas. Chunki ushbu sana xalqimiz hayotida maʼnaviy va maʼrifiy, huquqiy va siyosiy jihatdan nihoyatda muhim ahamiyatga ega.
Yangi Oʻzbekistonda oʻzbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obroʻ-eʼtiborni tubdan oshirish, unib-oʻsib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy anʼana va qadriyatlarga sadoqat, ulugʻ ajdodlarimizning boy merosiga vorislik ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini toʻlaqonli joriy etishni taʼminlashga qaratilgan yangidan-yangi tashabbuslar ilgari surilayotgani juda muhim.
Oʻzbek tili – Oʻzbekiston Respublikasi aholisining aksariyat koʻpchiligi soʻzlashadigan - ona tilidir. U ona Vatanga muhabbat va sadoqat ramzi boʻlib, Oʻzbekiston birligi va yaxlitligi, jamiyat jipsligining muhim omili hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, ona tili millatning ruhi, mavjudligi, birligi va davlat timsoli ekanini eʼtiborga olib, uni sof holda asrash, kelajak avlodlarga bor goʻzalligi va maʼnaviy boyligi bilan yetkazish har bir fuqaroning burchi hisoblanadi. Shuning uchun, oʻzbek tilini yanada rivojlantirish, uning davlat tili sifatidagi oʻrni va nufuzini mustahkamlash lozim.
Ma’rifat Melixanova,
Yangi Namangan tumani Yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi YXKM boshlig‘i