Янгиликлар
Endilikda davlat xizmatlari markazlari orqali "Apex Insurance" AJ bilan hamkorlikda sug’urta xizmatlari joriy etildi.
Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyuruvchilar uchun ko’rsatiladigan sug’urta xizmatlari “Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi“ ga integratsiyalshgan holda olib boriladi. Fuqarolar tanlagan sug’urta turlariga ko’ra “Elektron Sug‘urta Polisi” shakllantiriladi.
Markazlarda quyidagi turlardagi sug’urta xizmatlarini ko’rsatiladi.
1. Shaxsiy hujjatlarni yo‘qotib qo‘yilishi oqibatida kutilmagan xarajatlarining yuzaga kеlishi tavakkalchiligidan sug‘urtalash.
2. Sportchilarni baxtsiz hodisalardan sug’urta qilish.
3. Turoperatorlarning fuqarolik javobgarliklari sug’urtasi.
4. Gaz ballonli uskunalarni sug’urtalash.
5. Avtotransport egalarining fuqarolik javobgarligini sug’urtalash.
6. Tashuvchilarning fuqarolik javobgarligini sug’urtalash .
7. Baxtsiz hodisalarni sug’urtalash.
8. Jismoniy shaxslar uchun ko’chmas mulk sug’urtasi.
Hozirgi kunga qadar Chust tumani davlat xizmatlari markazida 1600 ga yaqin turli sug’urta xizmatlari ko’rsatilgan bo’lib. Jumladan sentyabr oyi davomida 162 ta oktabr oyining birinchi o’n kunligi davomida esa 176 ta sug’urta xizmatlari ko’rsatildi. Aholiga bir markazdan turib turli tashkilotlar va korxonalarga borish bilan bog’liq sarf xarajatlari va vaqtlari tejalishiga erishilmoqda.
Ilhomjon Abdunazarov
Chust tuman adliya bo‘limi
davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi