Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Kambag’allikdan – farovonlik sari


Hududlarda aholi turmush shart-sharoitini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash dasturlarining natijadorligiga erishishda yangicha yondashuv va to‘plangan milliy tajribani qo‘llash chora-tadbirlarini yanada yuqori bosqichga olib chiqish maqsad qilingan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish toʻgʻrisida”gi Farmoniga ko’ra 2024-yilning qolgan davrida 500 ming, 2025-yilda 1 million nafar aholini kambag‘allikdan chiqarish davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining hamda barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlarining birinchi darajali vazifasi etib belgilandi. 

Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida Namangan viloyat adliya boshqarmasi boshlig’i o’rinbosariga biriktirilgan Uchqun MFYda yashovchi Muxtarovlar oilasiga tashrif buyurildi. Bu oilaning bekasi F.Muhtarova hozirda ishsiz bo’lib, сhevarchilik qilish va moddiy axvolini yaxshilash maqsadida “Mono markaz”da oʻqigan. Biroq, tikuv mashinasi bo’lmagani bois ish bilan band emas edi. Boshqarma tashabbusi bilan ushbu oila tikuv mashinasi bilan taʼminlandi.