Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Kredit tarixi va kredit byurosi nima?


Kredit tarixi - umr yoki faoliyati davomida bir marta boʻlsa ham banklar, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar, lizing kompaniyalari va maishiy texnika, mebel va shu kabi doʻkonlarning kredit xizmatlaridan foydalangan har qanday yuridik va jismoniy shaxsda mavjud.

Kredit tarixi– bu Sizning qayerdan, qaysi kredit tashkilotidan, qancha miqdorda qarz olganingiz va keyinchalik uni qanday toʻlaganingiz toʻgʻrisida batafsil maʼlumot, yaʼni bu Sizning qarz oluvchi sifatida moliyaviy intizomingiz aksidir.

Oʻzbekiston Respublikasining “Kredit maʼlumotlari almashinuvi toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan kredit tarixi qarzdorning soʻnggi besh yil ichidagi majburiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olib, quyidagilarni aks ettiradi:

– qarzdor toʻgʻrisida;

– joriy va yopilgan kreditlar, tovar kreditlari qiymati, rasmiylashtirilgan sanasi, muddati va qoldigʻi toʻgʻrisida;

– muddati oʻtgan qarzdorliklar toʻgʻrisida;

– joriy va yopilgan kreditga qoʻyilgan garov mulki va mulk egasi toʻgʻrisida;

– sud jarayonidagi kreditlar toʻgʻrisida;

– kredit tarixi shakllangan sana va uni tayyorlagan tashkilot toʻgʻrisida.

Shu bilan bir qatorda, kredit tarixi toʻgʻridan-toʻgʻri qarzdor toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan tashqari lizing oluvchi, kafil, kafolatchi, garovga qoʻyuvchi hamda kredit bitimi boʻyicha sugʻurtalovchi sifatida qatnashuvchi jismoniy va yuridik shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ham oʻzida jamlaydi.

Kredit maʼlumotlarni yigʻish bilan Kredit byurosi shugʻullanib, ular Markaziy bank tomonidan berilgan litsenziyaga asosan faoliyat yuritadi.

Kredit byurosi nafaqat jismoniy va yuridik shaxs boʻlgan qarzdorlarning maʼlumotlar bazasini shakllantirish maqsadida balki, ushbu maʼlumotlar bilan almashish uchun banklar, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar, lizing kompaniyalari va ayrim doʻkon (riteyler)lar bilan hamkorlik olib boradi.

Muhim! Pul mablagʻlari va boshqa mulklarni qarzga berish boʻyicha shartnoma toʻgʻrisidagi maʼlumot qarzdorning roziligisiz Kredit byurosiga taqdim etiladi.

Kredit byurosi, qarzdorlarning moliyaviy holatini, shuningdek, qarzni qaytara olish qobiliyatini baholaydi, shuningdek, qarzdorlarni baholash reytingi tizimini (skoring) shakllantiradi.

Kredit skoringi- bu Sizning kreditni toʻlay olish qobiliyatingizni ball berish orqali baholash tizimi. Sizga beriladigan ballar muddati oʻtgan qarzdorlikning mavjud yoki yoʻqligi, shuningdek, daromadlar, faoliyat turi, yosh va turmush holati va boshqa shu kabi omillarga bogʻliqdir.

Skoring ballini oshirish uchun oʻz kredit tarixingizni kuzatib borishingiz, qarz yuki hajmini koʻpaytirmasdan, majburiyatlarni oʻz vaqtida bajarib borishingiz zarur.

Shunday qilib, qanday yaxshi kredit tarixini shakllantirish mumkin?

– Mobil telefon va boshqa qurilmalarga kreditni qaytarish jadvaliga muvofiq belgilangan toʻlov sanalarini eslatmaga joylashtiring;

– Kredit boʻyicha amalga oshirilgan navbatdagi toʻlovdan soʻng, har safar bank xodimidan, mobil ilovasi yoki veb-saytdagi shaxsiy kabinetingiz orqali tekshirib boring.

“Kredit tarixi” toʻgʻrisida maʼlumotnomani qanday olish mumkin?

“Kredit tarixi” toʻgʻrisida maʼlumotnoma olish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi “Davlat xizmatlarini koʻrsatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 612-son qaroriga asosan davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurgan holda, shuningdek yuridik yoki jismoniy shaxsnnig yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabineti orqali olish mumkin. Xizmatdan birinchi marotaba foydalanish bepul.

 

Mamirjon Tursunov
Yangi Namangan tumani
adliya boʻlimining DXM bosh mutaxassisi