Янгиликлар
Umumiy oʻrta taʼlim maktablari sinf rahbarlaririning tayinlash tartibi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2023-yil 27-iyundagi
190-sonli buyrugʻiga bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim muassasasi sinf raxbarining lavozim yoʻriqnomasi”da sinf maktab direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi. Sinf rahbarlari quyidagi mezonlarga javob berishi kerak:
kamida 3 yillik pedagogik ish stajiga ega boʻlgan;
maktabda asosiy ishchi sifatida faoliyat olib borayotgan;
boshqaruvchilik qobiliyatiga ega boʻlgan;
oʻquvchilar bilan ishlash jarayonida masʼuliyat bilan yondasha oladigan;
boshlangʻich sinflarda sinf rahbarligi boshlangʻich sinfga biriktirilgan oʻqituvchilarga yuklatiladi.
Taʼkidlash joizki, maktablarda mehnatni soatbay (shu jumladan oʻrindoshlik) asosda faoliyat olib boruvchi oʻqituvchilarning sinfga rahbarlik qilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Bir oʻqituvchiga faqatgina bitta sinf rahbarligi topshiriladi. Direktor oʻrinbosarlari, psixologlar sinf rahbari boʻlishi mumkin emas.
Yaʼni, maktabda faoliyat yurituvchi direktorning barcha oʻrinbosarlari, psixologlar sinf rahbari boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Maktabdagi sinf rahbarlarning faoliyatini maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi.
Uchqoʻrgʻon tumani
YUXKM bosh yuriskonsulti
G.Karimjonova