Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Mehnat qonunchiligi boʻyicha dastlabki sinov muddati qoʻllanilmaydigan holatlar


Amaldagi mehnat qonunchiligida dastlabki sinov muddati belgilanmaydigan bir qator holatlar belgilangan.

Jumladan, Mehnat kodeksining 129-moddasiga koʻra, quyidagilar ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi:

-         homilador ayol, 3 yoshga toʻlmagan bolasi bor ayol yoki 3 yoshga toʻlmagan bolani yolgʻiz oʻzi tarbiyalayotgan ota (vasiy);

-         zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlariga ishga joylashtirish uchun yuborilgan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan boʻlgan shaxslar;

-         davlat grantlari asosida oʻqigan va oliy taʼlim tashkilotini tamomlagan kundan eʼtiboran 3 oy ichida yoʻllanma boʻyicha olingan mutaxassisligiga doir ishga kirayotgan oliy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchilari;

-         tegishli taʼlim tashkilotini tamomlagan kundan eʼtiboran 1 yil ichida birinchi bor ishga kirayotganda olingan mutaxassisligi boʻyicha mustaqil ravishda ishga joylashayotgan umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchilari;

-         oʻzi bilan 6 oygacha muddatga mehnat shartnomasi tuzilayotgan xodimlar;

-         18 yoshga toʻlmagan shaxslar;

-         ishga qaytadan qabul qilingan taqdirda ish beruvchi ilgari qaysi xodimlar bilan mehnat shartnomasini alohida asoslar boʻyicha bekor qilgan boʻlsa, oʻsha shaxslar;

-         ishlab chiqarishda oʻqitish shartnomasi boʻyicha ushbu ish beruvchida oʻqishni oʻtagan oʻquvchilar;

-         jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida va ish beruvchining ichki hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa xodimlar.

Yuqorida koʻrsatilgan shaxslar bilan mehnat shartnomasi tuzilayotganda shartnoma sharti sifatida dastlabki sinov muddati belgilanmaydi va xodimga nisbatan dastlabki sinov muddati qoʻllanilmaydi.

 

Uchqoʻrgʻon tumani
YUXKM bosh yuriskonsulti
X.X.Usmonov