Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari va ulardagi bino inshootlarga bo’lgan huquqlarni e’tirof etishga ruxsat beriladi


O‘zbekiston prezidenti tomonidan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi 2024-yil 5-avgustdagi 937-sonli qonun imzolandi.

         Ushbu Qonunning maqsadi o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

         Bunda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab turgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan 2018-yil 1-mayga qadar yakka tartibda uy-joy qurish orqali o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga, fuqarolar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va rezident bo‘lgan yuridik shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq ajratilgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilgan yer uchastkasi maydonidan 2018-yil 1-mayga qadar ortiqcha egallagan yer uchastkasiga hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga hamda fuqarolarning bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylariga hamda ular egallagan yer uchastkasiga nisbatan huquqlarni e’tirof etish asoslari va tartibini belgilaydi.

         Ko‘chmas mulkni qonuniylashtirish uchun ular quyidagi talablarga javob berishi lozim:

·         yer boshqa shaxsga ajratilmagan yoki auksionga chiqarilmagan bo‘lishi;

·         yer uchastkasidan foydalanishda nizo mavjud emasligi;

·         yer va mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud emasligi;

·         muhofaza zonasida, sug‘oriladigan yerda joylashmaganligi;

·         bosh reja talablariga zid emasligi (mavjud bo‘lsa);

·         har bir kategoriyaga xos boshqa shartlar (investitsiya majburiyati bajarilganligi, shirkat a’zosi hisoblanishi va boshqalar).

         Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kirib 2028-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.

Yangiqo‘rg‘on tuman adliya
bo‘limi Davlat xizmatlari
markazi bosh mutaxassisi
XASANBOYEV MUXAMMAD G‘OFURJON O‘GLI