Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Rahbar va yoshlar uchrashuvi kelgusi rejalarga tayanch boʻladi


Bugun Namangan viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi D.Ahmedov “Adliya yoshlar orasida” aksiyasi doirasida yoshlar bilan uchrashdi. Uchrashuvda Namangan viloyat yuridik texnikumi hamda NamDU yuridik fakulteti bitiruvchilari ishtirok etdi.

Dastavval boshqarma boshligʻi tomonidan yoshlarni sayyor tartibda qabul qilinib, muammolari tinglandi. Qabul davomida kelgusida ishga kirish istagida boʻlgan yoshlarga tavsiyalar berildi. Shundan soʻng, 100 dan ziyod talabalar ishtirokida rahbar bilan muloqot davom etdi. Muloqot davomida boshqarma va uning tizimidagi asosiy yoʻnalishlar xususida masʼullar tomonidan taqdimotlar oʻtkazildi va tushunchalar berildi.

Yoshlar tomonidan bevosita rahbar uchun ajoyib takliflar ilgari surilgani va savollar bilan murojaat etilgani uchrashuvni yanada ochiq shaklda oʻtishiga va ular adliya idoralari faoliyatiga befarq emasliklariga dalil boʻldi. Qolaversa, yoshlar tomonidan yoshlar uchun sport musobaqalarini aynan adliya idoralari tomonidan uyushtirilishi, maxsus stipendiyalar joriy etilishi, yosh kadrlar masalasida yoshlarning fikri eshitildi. 

Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, ayni vaqtda Namangan viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimida 100 dan ziyod yoshlar faoliyat yuritadi.