Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

“Yangi Oʻzbekiston va inson huquqlari”


Isʼoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida “Yangi Oʻzbekiston va inson huquqlari” mavzusida Adliya va talabalar uchrashuvi tashkil etildi.

Ochiq va samimiy muloqot tarzida oʻtgan uchrashuvda tuman adliya boʻlimi, FHDY boʻlimi hamda Davlat xizmati markazi masʼul xodimlari talabalarga shaxsiy tajribalari, hayot yoʻli va faoliyati va bugungi kunda inson huquqlari sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida tushuncha va maslahatlarini berdilar.

Institutda tashkil etilgan tadbir mamlakatimizda inson huquqlarini taʼminlashga qaratilgan islohotlar mazmun-mohiyatini targʻib qilish, talaba - yoshlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash, shuningdek, adliya va FHDY organlari faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadiga qaratildi.

Tadbir jarayonida talaba-yoshlar tomonidan inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlash, taʼlim-tarbiya, fuqarolik jamiyati institutlarining faolligini oshirish, zamonaviy texnologiyalar kabi yoʻnalishlarda qator takliflar ilgari surildi.

Bir soʻz bilan aytganda, Huquqshunoslarning institut talabalari bilan uchrashuvi qizgʻin kechdi. Oʻzaro savol-javob, bahs-munozara tadbir taʼsirchanligini oshirdi.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi