Янгиликлар
27
Adliya yoshlar orasida
Namanganda “Adliya yoshlar orasida” fleshmob-aksiyasi oʻtkazildi. Aksiya doirasida yoshlar uchun sayyor qabul, “Rahbar va yoshlar uchrashuvi”, shahmat musobaqasi va “Zakovat” intellektual oʻyini tashkil etildi. Maqsad, yoshlarni bandligini taʼminlash, sportga qiziqtirish, ularning maʼnaviy kamol topishlariga sharoit yaratish va intellektual salohiyatlarini oshirishdan iborat.
Shuningdek, “Adliya – yoshlarga koʻmakdosh” klubi tashkil etildi. Klubga 20 nafar yosh jalb etildi.
Klub aʼzolarining asosiy vazifasi sifatida viloyatimizning butun hududida oʻtkazib boriladigan yoshlarga oid tadbirlarda ishtirok etishi, ularning muammolarini oʻrganishi va huquqiy bilimlarini oshirishda faollik koʻrsatishi belgilandi.
Oʻzbekiston – yoshlar mamlakati deb bejiz aytilmaydi. Zero, mamalakat aholining asosiy qismini yoshlar tashkil etmoqda. Tahlillar shuni koʻrsatatdiki, bugungacha parlament tomonidan yoshlarga oid 40 dan ziyod qonun hujjatlari qabul qilingan boʻlib, 30 dan ortiq xalqaro huquqiy hujjatlar ratifikatsiya qilingan.