Янгиликлар
Maʻmuriy ishlarning taftish tartibida qayta koʻrilishining muhim jihatlari
Kuni kecha Namangan viloyat adliya boshqarmasida Namangan viloyat maʻmuriy sudi sudyalari ishtirokida Oʻʻzbekiston Respublikasining Maʻmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi, shuningdek, qonun normalarini bir xilda va toʻgʻri qoʻllanilishini taʻminlash maqsadida, “Sudlar tomonidan maʻmuriy ishlarni taftish tartibida koʻrishning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 2024-yil 25-iyundagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 22-sonli Qarori mazmun-mohiyati yuzasidan seminar oʻtkazildi.
Seminarda sudyalar U.Nishonov, A.Dadadbayev, D.Madaminov, R.Ergashev boshqarma xodimlariga yuqoridagi oʻzgartish va qoʻshichalar haqida tushuntirib oʻtdilar. Endilikda Sud hujjati ustidan taftish tartibida shikoyat qilish huquqiga ega boʻlgan shaxsning qonuniy vakili (ota-onalar, farzandlikka olganlar, vasiy, homiy va hokazo.) tomonidan keltirilgan taftish tartibidagi shikoyatga uning vakolatini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi lozim ekanligi belgilandi.
Qolversa, MSIYutK 250-moddasining mazmuniga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʻmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʻmuriy sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan tumanlararo maʻmuriy sudlarning, hududiy harbiy sudlarning qonuniy kuchga kirgan, apellyasiya yoki kassasiya tartibida koʻrilgan ishlar boʻyicha hal qiluv qarori, ajrimi, qarori, shuningdek apellyasiya yoki kassasiya instansiyalari sudlarining qarori, ajrimi ustidan berilgan shikoyatlar (protestlar)ni taftish tartibida koʻrib chiqadi.
Kanalga ulanish https://t.me/namanganadliya