Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Uchqo’rg’onda Farmon ijrosi yuzasidan 4 mingdan ortiq xonadonning muammosi o’rganildi.


Namangan viloyati adliya boshqarmasi tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan aholini muammolarini aniqlash va joyida bartaraf etish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yil 24-may kuni imzolagan  “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan Uchqo‘rg‘on tumani “Bo‘ston” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolarning  huquqiy muammolari o‘rganildi. Xodimlar tomonidan biriktirilgan mahallalarda istiqomat qiluvchi fuqarolarning xonadoniga kirib yoshlar, ayollar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar haqida xabardor qilindi. Shuningdek, Bo‘ston mahallasida tuman adliya bo‘limi tomonidan “Sayyor qabul” o‘tkazildi. Unda, fuqarolarning huquqiy muammolari tinglandi.

Tuman adliya bo‘limi tomonidan o‘tgan davr mobaynida Prezident Farmon ijrosi yuzasidan 40 ta mahalladagi 4003 ta xonadonda uyma-uy yurgan holda fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalar o‘rganildi, shuningdek 16 marotaba sayyor qabul tashkil etilib, fuqarolardan kelib tushgan savollar yuzasidan 200 dan ortiq huquqiy tushuntirish berilgan bo‘lsa, o‘rganish talab etgan 60 ta murojaat adliya bo‘limi ish yurituviga olindi. Ushbu murojaatlarning 28 tasi uy-joy hujjatlarini rasmiylashtirish, 24 tasi yuridik faktni belgilash, 9 tasi subsidiyaga oid murojaatlarni tashkil etadi. Fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ko‘zlab sudlarga 25 ta da’vo arizalari kiritilib qanoatlantirishga erishildi.

Jumladan, tuman adliya bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan qabul davomida Bo‘ston mahallasida yashovchi Baxtiyor Nishanov murojaat qildi. Uni ta’kidlashicha, fuqaro 1994- yildan buyon Bo‘ston mahallasi, Sarbon ko‘chasi, 8-uyda istiqomat qiladi lekin, hozirga qadar fuqaroligi yo‘qligini bildirdi. Mazkur murojaat adliya bo‘limi ish yurituviga olindi.

Huquqiy targ‘ibot kuni tadbiri davomida tuman davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan 10 nafar fuqaroga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

https://t.me/namanganadliya/30975

Namangan viloyat adliya boshqarmasi