Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Maktab psixologi bilan mehnat shartnomasini kim tuzadi: maktabmi yoki bo`limmi?


O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 1-avgustdagi 237-sonli buyrug‘i 9-ilovasiga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim maktabi (ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab (maktabinternati)dagi psixolog lavozimi tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari nomenklaturasiga kiradi. Bu degani, maktab psixologining ish beruvchisi tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi hisoblanadi, maktab psixologi bilan mehnat shartnomasi tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi tomonidan tuziladi.

Biroq, yuqoridagi buyruqning 3-bandiga kora, tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari boshlig‘i nomenklaturasiga kiruvchi ta’lim tashkilotlari va muassasalari xodimlarining mehnat daftarchalari ularning ish joyida saqlanadi va mehnat daftarchalariga yozuvlar mas’ul xodimlar tomonidan kiritiladi hamda ularga ijtimoiy va yillik mehnat ta’tillari berilishi hamda ta’til vaqtida vazifasini vaqtincha boshqa xodimga yuklash tegishli ta’lim tashkilotlari va muassasalari direktorlari tomonidan rasmiylashtiriladi.

Qarang, yuqorida ish beruvchi mehnat munosabatlaridagi ayrim huquq va majburiyatlarini maktabga bergan. Ya'ni maktab psixologining ish beruvchisi tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta'limi bolimi bolsa-da, maktab psixologining mehnat daftarchasi maktabda saqlanadi va yuritiladi. Maktab psixologiga mehnat ta'tili va ijtimoiy ta'tillar (homiladorlik va tug‘ish ta’tili, bola parvarishlash ta’tili, o‘quv ta’tili, ijodiy ta’til, MK 401-modda boyicha qoshimcha ta'til) berish, uning vazifasini vaqtincha boshqa xodimga yuklash maktab direktori tomonidan amalga oshiriladi.

Bahtiyor Maxmudov, 
Yangi Namangan Yuridik xizmat ko`rsatish
markazi bosh yuriskonsulti