Янгиликлар
Namanganda “Yoshlar-huquqiy sayli” tadbiri oʻtkazildi. Unda, 2000 mingdan ortiq yoshlar ishtirok etdi.
Yurtimizda yoshlar ongida qonunga hurmatni shakllantirish, jamiyatda yoshlar rolini oshirish, ma’naviy-intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirish, ularni milliy qadriyat va an’analarga hurmat ruhida tarbiyalash, yoshlarda vatanparvarlik, mardlik va jasurlik tuyg‘ularini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Joriy yilning yanvar oyida davlatimiz rahbari boshchiligida o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida 4 mln. nafar yoshlarni 4 ta sektor kesimida 6 ta huquq-tartibot va mudofaa organlariga otaliqqa biriktirib yangicha yo‘nalishda ishlash tizimi belgilandi.
Otaliqqa olingan yoshlarni kasb-hunarga qiziqtirish, bandligini ta’minlash, ularda vatanparvarlik, mardlik va jasurlik ruhini uyg‘otish, huquqiy jihatdan ko‘mak berish orqali yoshlar o‘rtasida sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarni oldini olish, shuningdek saylov yoshiga yetgan yoshlarni saylov jarayonlaridan xabardorlik darajasini oshirish maqsadida Namangan viloyati hokimligi, viloyat adliya boshqarmasi, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamda viloyatdagi oliy taʼlim muassasalari hamda daxldor tashkilotlar hamkorligida oʻtkazilgan “Yoshlar-huquqiy sayli” tadbirida 1 500 nafar oliy o’quv yurti talabalari, shuningdek 500 nafarga yaqin huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan otaliqqa olingan yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir avvalida Namangan viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Gʻulomjon Murodxoʻjaev soʻzga chiqib, tadbirdan koʻzlangan maqsad va uning ahamiyati haqida toʻxtaldi.
Tadbir davomida viloyatda yoshlar bilan ishlashga qaratilgan ishlar, xususan, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar haqida maʼlumotlar berildi.
Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, sudlar, FHDY va notariuslar va boshqa mas’ul idoralar vakillari tomonidan “Yoshlar-huquqiy sayli” tadbiri davomida ishtirokchilarga bepul huquqiy maslahat berish va ularning murojaatlarini sayyor tartibda qabul qilish orqali ularga huquqiy ko‘mak ko’rsatildi.
Shu kuni, Namangan viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari va tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan ishsiz fuqarolar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Notariuslar, FHDY va DXM, Advokatlar, “Madad” NNT va Yuridik markazi xodimlari tomonidan yoshlar uchun sayyor davlat xizmatlari, Intellektual mulk sohasida erishilayotgan yutuqlar, Hadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining viloyat hududiy boʻlimi tomonidan faoliyatga doir anjomlar va ishlar koʻrgazmasi, Toʻquvchilik, kashtachilik, duradgorlik va kulolchilik mahsulotlari koʻrgazmasi bilang yaqindan tanishdilar.
Tadbirda, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Milliy gvardiya boshqarmasi, Mudofaa boshqarmasi va Harbiy qismlar bilan hamkorlikda aholiga ko‘tarinkilik bag‘ishlash va tadbirniyanada mazmunli, quvnoq o‘tishini ta’minlash maqsadida favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishdagi amaliy harakatlar bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlar, harbiy orkestr jamoasi, harbiy texnika chiqishlari va harbiy anjomlar ko‘rgazmasi ishtirokchilarda katta taassuort qoldirdi.
Shuningdek, yosh taekvondochilar va badiiy gimnastikachilarni koʻrgazmasi, Harbiy anjom-aslahalar va otliqlar chiqishlari hamda viloyatimizning sanat ustalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi barchaga oʻzgacha kayfiyat ulashdi.
Yana bir muhim jihat shu yerning oʻzida otaliqqa olingan yoshlar oʻrtasida sportning yugurish, dars, arqon tortish musobaqasida har bir tumandan 10 nafardan ishtirokchi gʻoliblik uchun bahs olib bordilar.
Tadbir yakunida, uch shart boʻyicha gʻolib boʻlgan yoshlar adliya boshqarmaning faxriy yorligʻi va esdalik sovgʻasi bilan taqdirlandi.
Fotojamlanmalar - https://t.me/namanganadliya/30914
Namangan viloyati adliya boshqarmasi