Янгиликлар
28
Endi avtomototransport vositasini notarial idoraga bormasdan sotish mumkin
Sotuvchi E-notarius.uz axborot portalida “Notarial harakatni rasmiylashtirish”ni tanlaydi, oʼzining shaxsiga oid maʼlumotlarni kiritadi va notarial harakatni yaratadi:
▫️sotuvchi sotilayotgan avtomototransport vositasini tanlaydi va narxini kiritadi;
▫️sotuvchi sotib oluvchining JShShIRni, shaxsini tasdiqlovchi hujjat seriyasi va raqamini va telefon raqamini kiritadi;
▫️sotib oluvchining telefoniga SMS xabarnoma yuboriladi. Sotib oluvchi havolaga kirib Face-Id orqali verifikatsiyadan oʼtadi va roziligini tasdiqlaydi;
▫️avtomatik tarzda yoki ixtiyoriy notarius tanlanadi;
▫️notarius notarial harakatni rasmiylashtirishga qabul qilib, vaqtni belgilaydi va taraflarning mobil telefoniga SMS xabarnoma yuboriladi;
▫️belgilangan vaqtda notarius taraflar ishtirokida videokonferensaloqa orqali notarial harakatni rasmiylashtiradi;
Bitimning asl nusxalari taraflarga kuryerlik (pochta) xizmati orqali yuboriladi.
Toxirjon Atajanov,
Uchqo’rg’on tumani
DXM bosh mutaxassisi