Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish hamda seysmik xavfni monitoring qilish faoliyati takomillashtirilmoqda


So‘nggi yillarda dunyoda talafotli zilzilalar soni ortib, ular aholi hayoti va mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmalariga jiddiy ta’sir ko`rsatmoqda. Shu bois, mavjud va qurilayotgan bino-inshootlarning seysmik mustahkamligini ta’minlash, zilzilani prognozlash, monitoring qilish hamda unga tayyorgarlik ko‘rishda davlat organlari va tashkilotlarining o‘zaro aloqalarini kuchaytirish bugungi kunning talabiga aylanib ulgurdi.

            Buning aks sadosi o`laroq, 2024-yil 17-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish hamda seysmik xavfni monitoring qilish faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-161-sonli qarori qabul qilindi. Mazkur qaror bilan seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasiga zamonaviy yondashuvlarni joriy qilish, bino va inshootlarning zilzilabardoshligini yanada oshirish, kuchli zilzilalarni prognoz qilishning yangi usullarini ishlab chiqish va ularga tayyorgarlik ko‘rishning zamonaviy tizimini yaratish maqsad qilib olindi.

            2024-yil 1-iyundan boshlab MSK-64 shkalasi bo‘yicha 8 va undan yuqori ballik seysmik faol zonalarda yangi qurilishi rejalashtirilayotgan 5 qavatdan yuqori tibbiyot obyektlari hamda 9 qavatdan yuqori binolarni aktiv seysmik himoyalash qurilmalari, shu jumladan seysmoizolyatsiya va dempfer uskunalari bilan loyihalash amaliyoti yo‘lga qo‘yish, aktiv seysmik himoyalash qurilmalarini o‘rnatish qurilish ishlariga mas’ul bo‘lgan buyurtmachi tashkilotlar tomonidan moliyalashtirilishi belgilandi. Markur tartibning ijrosini ta'minlashga Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (B. Zakirov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari mas'ul etib belgilandi.

            Shuningdek, qarorga muvofiq 2024-yil 1-iyuldan boshlab MSK-64 shkalasi bo‘yicha 5 va undan yuqori ballik yer silkinishi sodir bo‘lganda bino va inshootlarning holati bo‘yicha yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarni avtomatik monitoring qilish uskunalaridan olingan ma’lumotlar tezkor ravishda tahlil qilinadi. Bino va inshootlarda aniqlangan xavf bo‘yicha zudlik bilan O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tadbirlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashiga (keyingi o‘rinlarda — Respublika kengashi) axborot kiritiladi.

            Ushbu qaror bilan bino va inshootlar hududlarning seysmik faolligiga muvofiq ravishda qurilishini tashkil etish maqsadida respublikaning barcha tuman va shaharlari hududlari kesimida mintaqaviy akselerogrammalar raqamlashtirilsin hamda ularning onlayn bazalari shakllantirish vazifasi belgilab berildi.

            Xulosa o`rnida aytish lozimki, bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish hamda seysmik xavfni monitoring qilish faoliyati sohasidagi bu kabi islohotlar aholi xavfsizligi, farovonligini oshirish, mamlakatimizning jozibadorligini yaxshlilash uchun xizmat qiladi.  

 

Yangi Namangan adliya bo`limining
yuridik xizmat ko`rsatish markazi
bosh yuriskonsulti B.Maxmudov.