Янгиликлар
Elektr va tabiiy gazni iqtisod qilish - davr talabi
Davlatimiz rahbarining iqtisodiyotda barqarorlik va energetik xavfsizlikni, kommunal xo‘jaligi va qurilish sohalarda qonuniylikni, jamoat xavfsizligini ta’minlash, ushbu yo‘nalishlarda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etishga doir topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat prokuraturasi bo‘lim prokurori tuman prokurori va mas’ul tashkilotlar ishtirokida muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda, elektr va tabiiy gazni iqtisod qilish rejasini bajarish, talon-torojliklari bo‘yicha reyd tadbirlarini kuchaytirish, ichimlik va oqava suv xizmatidan foydalanganlik uchun belgilangan to‘lovlarni undirish hamda aholining boshqaruv servis kompaniyalariga bo‘lgan to‘lov madaniyatini yuksaltirish, debitor qarzdorligini undirish, byudjetga qo‘shimcha manbaalarni undirib, reja ijrosini ta’minlash chorasini ko‘rish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Namangan viloyati adliya boshqarmasi