Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Namangan viloyatida “Adliya kuni” tadbiri keng miqyosda oʻtkazilmoqda.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida” Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Namangan viloyati adliya boshqarmasi tuman (shahar) adliya boʻlimlari mahallalarda targʻibot tadbirlarini amalga oshirib, aholining huquqiy muammolarni oʻrganmoqda. 

Farmon qabul qilingan kundan to bugunga qadar adliya boshqarmasi hamda tuman (shahar) adliya boʻlimlari, “Madad” NNT hamkorligida viloyatdagi mavjud 788 ta mahalladan 240 ga yaqinida uyma-uy yurib aholining huquqiy muammolari oʻrganildi. 

Xodimlarning “xonadonbay” oʻtkazgan oʻrganishlarida 20 mingga yaqin fuqarolar bilan muloqotlar oʻtkazilib, ularni 3 100 dan ortiq muammolari aniqlandi. Ularning aksariyati, meros ishini rasmiylashtirish, nikohni qayd etish, uy-joy hujjatini rasmiylashtirish, tugʻilish guvohnomasini rasmiylashtirish, aliment undiruvi, subsidiya olish, pensiya masalasidagi muammolar, oʻlim guvohnomasini rasmiylashtirish va boshqa masalalarga toʻgʻri keladi. 

Jumladan, Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari tomonidan Namangan tumani “ Kichik qurama” mahallasida uyma-uy oʻrganish olib borilganida, aholini bir necha yildan buyon qiynab kelayotgan muammoga duch kelindi. Bu ham boʻlsa, mahalladagi qishloq vrachlik punkti faoliyati toʻxtatilgan. Aholi vakillari esa, sogʻligʻidagi muammolar bilan tuman markaziga vaqt va ortiqcha mablagʻ sarf etib borishga toʻgʻri kelayotganini aytib oʻtdilar. 

Taʼkidlash joiz, mazkur QVP xizmatidan 5000 ming nafarga yaqin fuqaro foydalanishi mumkin edi. Mazkur murojaat tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan oʻrganilib, ijobiy hal etish uchun adliya boʻlimi ish yurituviga olindi.

Uyma-uy oʻrganishlardan, oʻtkazilayotgan sayyor qabul va yuzma-yuz muloqotlardan koʻzlangan maqsad birinchi galda aholining huquqiy savodxonligini yanada yuksaltirish va ularning mavjud muammosini aniqlab, tegishli tartibda hal etishdan iborat.

Fotojamlanmalar - https://t.me/namanganadliya/29876

 
Namangan viloyati adliya boshqarmasi