Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2024-yilning 1-yarim yilligi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni tahlili yuzasidan ma'lumot


Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2024-yilning 1-yarim yilligi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan
murojaatlarni tahlili yuzasidan

M A’L U M O T


Namangan viloyat adliya boshqarmasiga 2024-yilning birinchi yarim yilligi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar tahlil qilinganda quyidagilar aniqlandi.
2024-yilning birinchi yarim yilligi davomida Namangan viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya boʻlimlariga jismoniy va yuridik shaxslardan 3 720 ta murojaatlar kelib tushgan. Murojaatlarning 2 235 tasi hal etilib, shundan 1292 ta murojaat qanoatlantirilgan, 1043 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan va 29 tasi koʻrmasdan qoldirilgan, jami kelib tushgan murojaatlarning 310 tasi tegishliligi boʻyicha, 940 tasi hal etish uchun tuman (shahar) adliya boʻlimlariga yuborilgan.
I. Boshqarmaning markaziy apparatiga kelib tushgan murojaatlarni (yozma, ishonch telefoni, sayyor qabul va virtual) koʻrib chiqish natijalari.
Viloyat adliya boshqarmasi markaziy apparatiga 2024-yilning birinchi yarim yilligi davomida 1824 ta murojaatlar (725 ta shikoyat, 1099 ta ariza) kelib tushdi.
Kelib tushgan murojaatlarning sohalar kesimida tahlili:
Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qoʻllash amaliyotiga oid - 85 ta;
Inson huquqlarini himoya qilishga oid – 623 ta;
Notariat va advokaturaga oid – 114 ta;
Yuridik xizmatlar faoliyatiga oid – 49 ta;
Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga oid – 11 ta;
Davlat xizmatlarini koʻrsatishga oid – 902 ta;
boshqa sohalarga oid – 40 ta.

Diagramma 1. Kelib tushgan murojaatlarning sohalar kesimida tahlili.

Murojaatlarning 655 tasi hal etilib, shundan 235 tasi (36%) qanoatlantirildi, 120 tasiga (64%) huquqiy tushuntirish berildi.
Kelib tushgan jami (1824 tadan) murojaatlarning 310 tasi (17%) tegishliligi boʻyicha, 940 tasi (51%) hal etish uchun tuman (shahar) adliya boʻlimlariga yuborilgan va 29 tasi (1,6%) koʻrmasdan qoldirilgan.
Xususan,
Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qoʻllash amaliyotiga oid – 35 foizi (28 ta);
Inson huquqlarini himoya qilishga oid – 45 foizi (126 ta);
Notariat va advokaturaga oid – 6 foizi (6 ta);
Yuridik xizmatlar faoliyatiga oid - 4 foizi (2 ta);
Davlat xizmatlarini koʻrsatishga oid – 41 foizi (42 ta);
boshqa sohalarga oid – 83 foizi (30 ta) murojaatlardagi vajlar oʻz tasdigʻini topganligi sababli qanoatlantirildi.




Qanoatlantirilgan murojaatlar asosida turli idoralarga 45 ta taqdimnoma,
27 ta ma’muriy taklif, 12 ta (6 045 177 ming soʻmlik) da’vo arizalari kiritilgan.
Qoʻllanilgan ta’sir choralari natijasida 5 475 223 ming soʻm pul mablagʻlari undirildi. Shuningdek, 19 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilib, 147 ta hujjat bekor qilindi.
Kelib tushgan murojaatlarni 15 tasini koʻrib chiqishda mutaxassislar jalb qilindi, shuningdek 23 tasi joyiga chiqib oʻrganildi.
II. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va xalq qabulxonasi orqali kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha:
Boshqarmaga hisobot davri mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va xalq qabulxonasi orqali jami 691 ta murojaatlar kelib tushdi.
Kelib tushgan murojaatlarning 608 tasi (88 %) hal etilgan, 18 tasi (3 %) ko‘rmasdan qoldirilgan, 34 tasi (5 %) esa tegishliligiga ko‘ra yuborilgan, 31 tasi (4 %) ish yurituvida.
Hal etilgan murojaatlarning 197 tasi (32%) qanoatlantirilgan, 411 tasi (68%) boʻyicha huquqiy tushuntirish berilgan.


Diagramma 3. Virtual va xalq qabulxonalari orqali kelib tushgan murojaatlarning hal etilganlik natijalari tahlili.

1. Inson huquqlarini himoya qilish sohasida.

Inson huquqlarini himoya qilish sohasiga oid jami 623 ta (277 ta shikoyat, 346 ta ariza) murojaat kelib tushgan.
Murojaatlarning 278 tasi (55%) hal etilib, shundan 126 tasi (45%) qanoatlantirildi, 152 tasiga (55%) huquqiy tushuntirish berilgan. Shuningdek, murojaatlarning 155 tasi (25%) tegishliligi boʻyicha, 152 tasi (24%) hal etish uchun tuman (shahar) adliya boʻlimlariga yuborilgan va 16 tasi (3%) koʻrmasdan qoldirilgan.
Shikoyatlarni koʻrib chiqish natijalari yuzasidan aniqlangan qonunbuzilishlar boʻyicha 17 ta taqdimnoma, 13 ta ma’muriy taklif, sudlarga
8 ta (3 278 456 ming soʻmlik) da’vo arizalari kiritilgan.
Mazkur ta’sir choralarining natijalari yuzasidan 3 485 082 ming soʻm pul mablagʻlari qaytarildi. Shuningdek, 13 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilib, 126 ta hujjat bekor qilingan yoxud qonunchilikka muvofiqlashtirilgan.
Mazkur sohadagi tahlil, shikoyatlarning quyidagi sohalar boʻyicha kelib tushganligini koʻrsatadi:
- mehnat nizolari yuzasidan 79 ta;
- taʼlimga doir qonun hujjatlari yuzasidan 15 ta;
- ijtimoiy himoyaga doir qonun hujjatlari yuzasidan 14 ta;
- uy-joyga doir qonunlar yuzasidan 21 ta;
- kommunal toʻlovlar yuzasidan 6 ta;
- soliq sohasiga oid qonun hujjatlari yuzasidan 11 ta;
- yerga doir qonun hujjatlari yuzasidan 21 ta;
- banklar faoliyatiga doir qonun hujjatlari yuzasidan 3 ta;
- sud qarorlari yuzasidan 7 ta;
- prokuratura organlari faoliyatiga doir 10 ta;
- ichki ishlar organlari faoliyatiga oid 14 ta;
- boshqa masalalar yuzasidan 68 ta.


Diagramma 4. Inson huquqlarini himoya qilish sohasida eng koʻp kelib tushgan murojaatlarning sohalar kesimida tahlili.

2. Notariat va advokatura sohasida.

Notariat va advokatura sohasida jami 114 ta (42 ta shikoyat, 72 ta ariza) murojaat kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 103 tasi (90%) hal etilgan boʻlib, shundan 1 tasi (6%,) qanoatlantirildi, 97 tasiga (94%) huquqiy tushuntirish berilgan, 7 tasi (6%) tegishliligi boʻyicha koʻrib chiqish uchun boshqa tashkilotlarga yuborilgan va 1 tasi (1%) koʻrmasdan qoldirilgan.
Shikoyatlarning xususiyati boʻyicha:
- advokaturaga oid 20 ta;
- notariatga oid 52 ta.



Diagramma 5. Notariat va advokaturaga oid kelib tushgan shikoyatlarning sohalar kesimida tahlili.

III. Tuman (shahar) adliya boʻlimlariga kelib tushgan murojaatlarni (yozma, ishonch telefoni, sayyor qabul va virtual) koʻrib chiqish natijalari.
Tuman (shahar) adliya boʻlimlariga jismoniy va yuridik shaxslardan
1 896 ta (1 109 ta shikoyat, 787 ta ariza) murojaatlar kelib tushgan.
Murojaatlarning 1 680 tasi hal etilgan, shundan 1 057 ta murojaat qanoatlantirilgan, 623 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 11 tasi koʻrmasdan qoldirilgan, 87 tasi tegishliligi boʻyicha yuborilgan va 118 tasi ish yurituvida qolgan.
Shikoyatlar boʻyicha:
2024-yilning birinchi yarim yilligi davomida jami 1 109 ta shikoyat kelib tushgan. Ushbu shikoyatlardan 1 006 tasi (91 %) hal etilgan, 34 tasi (3 %) taalluqliligi boʻyicha belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun boshqa idoralarga yuborilgan, 3 tasi (0,3%) koʻrmasdan qoldirilgan va 66 ta (6 %) shikoyat ish yurituvida qolgan.
Hal etilgan shikoyatlarning 750 tasi (75 %) qanoatlantirilgan, 256 tasiga
(25 %) huquqiy tushuntirish berilgan.



Diagramma 6. Tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan koʻrib chiqilgan shikoyatlar tahlili.

Shikoyatlarni koʻrib chiqish natijalari yuzasidan aniqlangan qonunbuzilishlar boʻyicha 133 ta taqdimnoma, 57 ta ma’muriy taklif, sudlarga
337 ta (15 588 936 000 soʻmlik) da’vo arizalari kiritilgan.
Mazkur ta’sir choralarining natijalari yuzasidan 35 809 694 000 soʻm pul mablagʻlari qaytarildi. Shuningdek, 55 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka hamda 2 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilib, 112 ta hujjat bekor qilindi.
Kelib tushgan shikoyatlarning xususiyati boʻyicha:
- mehnat nizolari yuzasidan 372 ta (235 tasi oylik ish haqi olish masalasida);
- ta’limga doir qonun hujjatlari yuzasidan 28 ta;
- ijtimoiy himoyaga oid qonun hujjatlari yuzasidan 64 ta;
- uy-joy masalasida 49 ta;
- kommunal toʻlovlar yuzasidan 14 ta;
- soliq sohasiga oid qonun hujjatlari yuzasidan 19 ta;
- yerga doir masalalar boʻyicha 23 ta;
- banklar faoliyatiga doir 4 ta;
- davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida 40 ta;
- yuridik xizmatga doir qonun hujjatlari yuzasidan 12 ta;
- prokuratura faoliyatiga oid 1 ta;
- adliya organlari xodimlari xatti-harakati yuzasidan 1 ta;
- boshqa masalalar boʻyicha 482 tani tashkil etmoqda.
Arizalarning koʻrib chiqilishi boʻyicha:
2024-yilning birinchi yarim yilligi davomida jami 787 ta ariza kelib tushgan. Mazkur arizalarning 674 tasi (86 %) hal etilgan, 53 tasi (7 %) taalluqligi boʻyicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan, 8 tasi (1 %) koʻrmasdan qoldirilgan va 52 tasi (6 %) ish yurituvida qolgan.
Hal etilgan arizalarning 307 tasi (45 %) qanoatlantirilgan, 367 tasiga
(54 %) huquqiy tushuntirish berilgan.
Arizalarning xususiyati boʻyicha:
qonun hujjatlariga tushuntirish berish yuzasidan 31 ta;
kadrlar masalasida 2 ta;
boshqa masalalarda 274 ta arizalar kelib tushgan.
IV. Boʻlimlar tomonidan oʻtkazilgan shaxsiy va sayyor qabullarda kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha:
Boʻlimlar tomonidan jami qabullar davomida 787 ta murojaat qayd qilingan boʻlib, shulardan 174 tasi sayyor qabul paytida, 531 tasi shaxsiy qabul jarayonida qabul qilingan.
Shaxsiy va sayyor qabullar davomida kelib tushgan murojaatlarning
670 tasi (95%) hal etilib, shundan 456 tasi (68%) qanoatlantirilgan, 214 tasiga
(32%) tushuntirish berilgan, 12 tasi (2%) taalluqliligi boʻyicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan, 2 tasi (0.2%) koʻrmasdan qoldirilgan.

V. Boʻlimlar tomonidan murojaatlarni qanoatlantirish darajasi boʻyicha:
Qanoatlantirilgan shikoyatlar foizi yuqoriligi boʻyicha:

- Norin tumani (hal etilgan 64 ta, qanoatlantirilgan 58 ta (90,6 %);
- Chortoq tumani (hal etilgan 71 ta, qanoatlantirilgan 63 ta (88,7 %);
- Kosonsoy tumani (hal etilgan 41 ta, qanoatlantirilgan 36 ta (87,8 %);
- Uychi tumani (hal etilgan 19, qanoatlantirilgan 15 ta (87,8 %);)
- Mingbuloq tumani (hal etilgan 118 ta, qanoatlantirilgan 91 ta (77,1 %).


Diagramma 7. Murojaatlarni qanoatlantirish darajasi yuqori boʻlgan adliya boʻlimlari (foizda) tahlili.

Qanoatlantirilgan shikoyatlar foizi nisbatan pastligi boʻyicha:
- Yangiqoʻrgʻon tumani (hal etilgan 95 ta, qanoatlantirilgan 60 ta (66,6%)
- Yangi Namanganda (hal etilgan 46 ta, qanoatlantirilgan 30 ta (65,2%);
- Davlatobod tumani hal etilgan 60 ta, qanoatlantirilgan 34 ta (56,6 %).



Diagramma 8. Murojaatlarni qanoatlantirish darajasi past boʻlgan adliya boʻlimlari (foizda) tahlili.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda murojaatlarni koʻrib chiqishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan quyidagi takliflar bildiriladi:
1. Murojaatlarni koʻrib chiqishda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari talablariga qat’iy rioya qilib borish;
2. Kelib tushgan murojaatlarning toʻliq va sifatli hal etilishini ta’minlash maqsadida ularni joyiga chiqib oʻrganish amaliyotini kuchaytirish;
3. Boshqarmaning tarkibiy boʻlinmalari va sohalar boʻyicha mas’ullar har chorakda shikoyatlar koʻpaygan sohalarni oʻrganib, sabablarini tahlil qilib, muammolarni bartaraf etish yuzasidan rahbariyatga va yuqori turuvchi idoralarga tegishli takliflar kiritish;
4. Murojaatlar koʻp tushayotgan hududlarda sayyor qabullarni oʻtkazish jarayonida masalani joyida hal qilish choralarini koʻrish, bunda tegishli mutasaddi tashkilotlar hamkorligida ish tashkil etish;
5. Har chorak yakunlari boʻyicha shikoyatlar koʻpayish sabablarini umumlashtirish va yigʻilishlarda muhokama qilish, qolaversa Sektorlar yigʻilishlarida muhokama qilish choralarini koʻrish;
6. Tegishliligi boʻyicha yuborilayotgan murojaatlarni tahlil qilgan holda ularning oshib borish tendensiyalariga eʻtibor qaratib, muammoning yechimini topish va kelgusida bu kabi murojaatlarning kamayishiga erishish choralarini koʻrish;
7. Boshqarma va uning tarkibiy boʻlinmalari, tuman (shahar) adliya boʻlimlari xodimlari tomonidan qonun hujjatlarini targʻib qilish jarayonida shikoyatlar koʻpaygan sohadagi qonun hujjatlari normalarini targʻib qilishga alohida e’tibor berish, bunda ommaviy axborot vositalari orqali muammoli masalalar boʻyicha chiqishlar va maqolalarni chop etish choralarini koʻrish.
8. Virtual qabulxona orqali yuborilayotgan murojaatlarni toʻgʻridan-toʻgʻri vakolatli organga yuborishga alohida e'tibor qaratish hamda murojaatni koʻrib chiqish uchun 15 kundan kam boʻlmagan muddat belgilash.



Rejalashtirish va nazorat-tahlil shoʻbasi