Янгиликлар
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Kosonsoy tumanida sayyor qabul tashkil etildi.
Kosonsoyda huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sud organlari viloyat rahbarlari tomonidan fuqarolarning ommaviy sayyor qabuli oʻtkazildi.
Qabulda Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi tomonidan fuqarolarning uy-joy uchun subsidiya olish, tug’ilganlik guvohnomasini takroran olish, kadastr kabi masalalar yuzasidan 15 dan ortiq murojaati tinglandi.
Sayyor qabul davomida kelib tushgan 13 ta murojaatga joyida huquqiy tushuntirish berilidi. Shuningdek, qabulda 10 ta murojaat muddat va o’rganish talab qilgani bois, adliya bo’limi ish yurituviga olindi. Jumladan, 5 ta murojaat ishga kadastrdan royxatdan o’tkazish, 3 tasi FHDY sohasi bo’yicha 2 ta murojaat esa yetkazilgan zararni undirish yuzasidan murojaatlari koʻrib chiqish va hal etish uchun tuman adliya boʻlimi ish yurituvga olindi.
Shu kuni tuman davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan qabulga kelgan fuqarolarning 10 nafariga sayyor xizmat ko’rsatildi.
https://t.me/namanganadliya/29536
Namangan viloyati adliya boshqarmasi