Янгиликлар
Adliya vaziri o’rinbosari To’raqo’rg’on tumanida Sayyor qabulda ishtirok etdi.
Sayyor qabulda jami, 302 ta fuqaroning murojaati tinglandi. Shulardan 282 ta fuqaroning yoshga doir pensiya, boquvchisini yo`qotganlik nafaqasi, moddiy yordam, kam ta`minlangan oilalar uchun bola puli olishlaridagi hujjatlaridagi noaniqliklari arxiv baza orqali raqamlashtirildi, muammo va kamchiliklari joyning o`zida bartaraf etildi.
Fuqarolarning tug`ilganlik, nikoh, nikohdan ajralganlik va o`lim dalolatnoma yozuvlariga JSHSHIR biriktirildi. Vafot etgan fuqarolarning tug`ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvlariga vafot etganlik belgisi, nikoh dalolatnoma yozuviga er yoki ayol vafot etgan bo`lsa, nikoh tugatilganligi, shuningdek fuqarolar nikohdan ajralgan bo`lsa, sud qarori yoki ajrim guvohnomasiga asosan nikoh bekor bo`lgan belgisi qo`yildi.
Sayyor qabul davomida avvalgi Uychi tumanida o`tkazilgan tadbirda murojjaatchi sifatida ishtirok etgan E.D ga 4 nafar farzandining tug`ilganlik haqida guvohnomasi va o`ziga tegishli bo`lgan nikoh guvohnomasini turli viloyatlardan ekstroterritorial tartibda tiklanib tantanali topshirildi.
Sayyor qabul davomida tumanning “Istiqlol” mahallasida istiqomat qiladigan 1-guruh nogironi, 1999-yilda tug`ilgan X.U. ning ota-onasi bola puli olish uchun sakkiz marotaba Ijtimoiy Himoya Agentligiga murojaat qilganligi aniqlandi.
FHDY organlarining yagona elektron arxiv bazasida mavjud muammolari joyning o`zida bartaraf etildi. Ijtimoiy Himoya Agentligi tomonidan dasturga kiritilib, hujjatlari to`liq rasmiylashtirildi. Shu bilan bir qatorda Pensiya Jamg`armasi tomonidan taqdim qilingan 31 nafar fuqaroning yoshga doir nafaqa olishlarida mavjud bo`lgan kamchiliklari ya`ni tug`ilganlik, nikoh, o`lim va ajrim dalolatnoma yozuvlariga JSHSHIR biriktirildi.
https://t.me/namanganadliya/29501
Namangan viloyati adliya boshqarmasi