Янгиликлар
Adliya vaziri oʻrinbosari Xudoyor Meliyev Davlatobod tumanida bo’ldi.
Vazir o‘rinbosari tomonidan fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, ularga huquqiy axborotni yetkazish hamda huquqiy xizmat koʻrsatishda tuman adliya boʻlimining faoliyatini yanada jonlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Davlatobod tumani adliya bo‘limi xodimlari bilan o'tkazilgan yuzma-yuz muloqotda sohani yanada rivojlantirish, amaliyotda uchrayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha fikr-mulohazalar tinglandi.
Shuningdek, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimi faoliyatini oʻrganish jarayonida davlat xizmatlari markazining ikkinchi qavatida qayta taʼmirlab, jihozlangan tantanali nikohdan oʻtkazish joyi koʻzdan kechirildi.
Shu kuni vazir o’rinbosari, Davlatobod tumani “Tadbirkor” mahallasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan uchrashdi. Dastlab, mahalladagi o’g’il-qizlarni bilimlari oshirishga xizmat qiladigan “O’quv markazi” faoliyati o’rganildi.
Shuningdek, “Atxamova Nazokat” ayollar chevarxonasidagi xotin-qizlar bilan muloqot o’tkazildi. Tadbikor faoliyatini boshlaganiga uncha ko’p bo’lmagan bo’lsada, hozirda 8 nafar ayolni ish bilan ta’minlashga erishgan. Mahsulotlari esa bozorgir hamda raqobotbardosh ekani uning faoliyat turini yanada kengayishiga zamin yaratmoqda.
https://t.me/namanganadliya/29386
Namangan viloyat adliya boshqarmasi