Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyev Namangan shahar adliya bo‘limi faoliyati bilan tanishdi.

Namangan shahar adliya boʻlimi, davlat xizmatlari markazlari hamda yuridik xizmat koʻrsatish markaziga borib, jismoniy va yuridik shaxslarni davlat xizmatlaridan tez va sifatli foydalanishlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni ko’zdan kechirdi.

Shu yerda Namangan viloyati adliya boshqarmasi tuman (shahar) adliya bo’limlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida” farmoni ijrosini yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarning taqdimoti bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, Namangan shahridagi davlat xizmatlari markazida fuqarolarga yaratilgan shart-sharoitlar, ko’rsatiladigan davlat xizmatlarini qulay va osonligi, o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish burchaklari faoliyati ko‘zdan kechirildi.

Shu bilan birga, Namangan shahar davlat xizmatlari markazi binosidagi  barcha qulayliklarga ega boʻlgan navbatsiz xizmat maskanidagi sharoitlar bilan tanishildi.

Shu kuni Namangan shahar FHDY bo’limi xodimlari bilan ham suhbat olib borildi. Suhbat davomida, aholiga xizmat ko’rsatishda tezkorlik va aniqlikka alohida e’tibor qaratish lozimligi tushuntirildi.

https://t.me/namanganadliya/29363

 Namangan viloyat adliya boshqarmasi