Янгиликлар
15
Norin tuman adliya bo‘limi tomonidan “Ziyo ulash” aksiyasi doirasida 14 yoshdan 30 yoshgacha yoshlar o‘rtasida “Zukko kitobxon” tanlovining tuman bosqichi tashkil etildi.
Tanlovda 10 nafar yoshlar ishtirok etib, berilgan badiiy adabiyotlar doirasida tayyorlangan savollarga o‘z bilim darajalarida javob berdilar.
Ushbu tanlov natijalariga ko`ra, Ibrohimov Dilshodbek faxrli birinchi o`rin, Umaraliyeva Oygul ikkinchi o`rin hamda Abduraxmonova Musharrafbonu uchinchi o`rin sohibi bo`ldilar.
Shuningdek, tanlovning barcha ishtirokchilariga adliya bo’limining esdalik sovg’alari topshirildi.
Tanlov natijalari bo’yicha 1-o’rinni egallagan D.Ibrohimov viloyat boshqichiga yo’l oldi.
Norin tuman adliya bo'limi