Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Farmon yuzasidan Uychi tumanida “Sayyor qabul” tashkil etildi.


Xabaringiz bor, davlatimiz rahbarining “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi farmoniga koʻra, Namangan viloyati adliya boshqarmasi, viloyat FHDY arxivi bilan birgalikda Uychi tumani “Madaniyat markazi"da “Sayyor qabul” oʻtkazildi. 


Mazkur keng koʻlamli tadbirda fuqarolarga

- Aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash, ularni tahlil qilish va bartaraf etish;
- Joylarda aniqlangan tizimli muammolarni bartaraf etishga qaratilgan qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish;
- Fuqarolarga huquqiy masalalar boʻyicha birlamchi bepul yuridik yordam koʻrsatish;
- Davlat organlari va mahallarda yagona huquqni qoʻllash amaliyotini shakllantirishda metodik yordam koʻrsatib borish;
- Joylarda aholi tomonidan koʻtarilayotgan dolzarb muammolarni koʻrib chiqish va hal etish uchun har oyda “Adliya Kuni”  tadbirlari oʻtkaziladi;
- Fuqarolarga uyma-uy yurish va “Huquqiy koʻmak” aksiyalarini oʻtkazish orqali fuqarolar kundalik hayotida aniqlanadigan huquqiy muammolarni bartaraf etish yuzasidan qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar berib boriladi;
- “Mahalla yettiligi” ga qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini oddiy va xalqchil tilda yetkazish, shuningdek ular tomonidan  “Online-Mahalla” platformasiga kiritilgan aholining kundalik hayotidagi huquqiy masalalarga oid muammolarni hal etib borish;
- Aholiga, avvalambor "Temir daftar", "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari" hamda "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" axborot tizimiga kiritilgan fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam koʻrsatilishini taʼminlaydi;
- Yoshlar, xotin-qizlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik subyektlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, preferensiyalar, subsidiyalar, grantlar va davlat tomonidan qoʻllab- quvvatlashning boshqa turlari hamda ulardan foydalanish tartibi yuzasidan tushuntirish berildi. 

FOTOJAMLANMALAR - https://t.me/namanganadliya/28972


Namangan viloyati adliya boshqarmasi