Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Nogironligi bo‘lgan farzandlarning onalari boshqalardan 5 yil oldin pensiyaga chiqishi mumkin.


Hozirgi kunda mamlakatimizda fuqarolarga keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Jumladan, aholining ijtimoiy ta’minot olish borasidagi huquqlariga ham keng imtiyozlar berib qo‘yilgan. 
 Xususan, bolalikdan nogironligi bo‘lgan bolalarni tarbiyalagan onalar pensiyaga 50 yoshdan chiqishi mumkinligi belgilab qo‘yilgan.
 Bunday normaning qonunchilikda belgilab qo‘yilishi nogironligi mavjud bo‘lgan oilalarga berilgan imtiyozlardan asosiysidir. O‘zbekiston Respublikasi "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida"gi Qonunining 12-moddasida, bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandlarning onalari ularni sakkiz yoshgacha tarbiyalagan bo‘lsa — ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda umumiy belgilangan 55 yoshdan emas, boshqalarga qaraganda imtiyozliroq, ya’ni 50 yoshdan pensiyaga chiqishi mumkinligi ko‘rsatilgan.
 Demak, bolalikdan nogironligi bo‘lgan bolalarni kamida 8 yil tarbiyalagan onalar pensiyaga boshqalardan 5 yil oldin chiqishi mumkin.

 Gulnora Karimjonova,
Uchqo‘rg‘on tumani yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti