Янгиликлар
“Kimlar bepul sanatoriyalarda davolana oladi” mavzusidagi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi “Axoliga sanatoriyalarda davolanish uchun yoʻllanmalar berish soxasiga axborot-texnologiyalarini joriy etish toʻgʻrisida”gi 693-sonli qarori qabul qilindi.
Ushbu qaror asosida Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yoʻllanmalar berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.
Maʼmuriy reglamentga koʻra, 2022-yil 1-iyuldan keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yoʻllanmalar Davlat Xizmatlari Markazi yoki Yagona Interaktiv Davlat Xizmatlari Portali (my.gov.uz) orqali beriladi.
Yoʻllanmalar quyidagi toifadagi keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga beriladi: urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar; halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning yangi nikohdan oʻtmagan beva xotinlari (beva erlari); respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslarga; Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek, Chernobil halokati sababli nogiron boʻlib qolgan shaxslar; yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi shaxslar; I va II-guruh nogironligi boʻlgan shaxslar, koʻzi ojiz I-guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxs; oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va yoshga doir pensiya oluvchilar.
Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar oʻzlari yoki vakillari kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar nomidan, YAIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa soʻrovnomani elektron ravishda toʻldiradilar. Soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: imtiyozdan foydalanish huquqini beruvchi hujjat (pensiya guvohnomasi, mavjud boʻlsa, ushbu Reglamentning 4-bandida nazarda tutilgan holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar) nusxasi; tibbiy maʼlumotnoma (davolovchi shifokor tomonidan beriladigan sanatoriy-sogʻlomlashtirish tavsiya etiladigan maʼlumotnoma).
Ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlarni hamda boshqa hujjatlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi. Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun yigʻim undirilmaydi. Yana shuni taʼkidlab oʻtish kerakki, Respublikadagi faqatgina 11 ta davlat sanatoriylarga davolanish uchun yoʻllanmalar beriladi.
Uchqurgʻon tuman yuridik xizmat
koʻrsatish markazi boshligʻi
B.Orzikulov