Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

“Tabiiy zaxiralar hammaning mulki!”


Xammamizga maʼlum 16-aprel 2024-yilda Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 204-sonli karori kabul kilindi. Ushbu karorni kabul kilishdan asosiy maksad, yurtimizda energoresurslardan oqilona foydalanishni taʼminlash.

Tabiiy zaxiralar hammaning mulki: yagona chora uni tejash. Bugun dunyo aholisining toʻrtdan uch qismi ekologik qarzdor. Boshqa tarafdan qaraydigan boʻlsak, statistik maʼlumotlarga koʻra dunyoda qariyb
1,6 mlrd aholi elektr energiyasisiz yashamoqda.

Bugun dunyoda resurslarni tejash kerakligi haqida koʻp va xoʻp gapiryapmiz. Xoʻsh, shuning oʻzi bilan cheklanmasdan, resurslarni tejash uchun sizu biz nima qila olamiz?

Shunchaki... ishxona va uydagi elektr zaxiralarini tejash kerak.
Bu aslida umuman qiyin emas. Har birimiz uchun manfaatli ham. Bitta harakat – har qanday qurilmani ishlatilmagan paytda elektr simini tarmoqdan uzish orqali sezilarli isrofgarchilikning oldini olamiz.

Qarorni qabul qilishning asosiy zarurati nimada edi?

Avvalo, taʼkidlash joiz, nafaqat aholi uchun, balki respublikamizdagi barcha isteʼmolchilar uchun sifatli, uzluksiz va adolatli tariflarda elektr energiyasi yetkazib berilishi lozim.

1-maygacha amalda boʻlgan va aholimiz uchun belgilangan 295 soʻmlik tarif boshqa rivojlanayotgan davlatlar bilan solishtirish darajasida ham emas. Oʻzbekiston bu borada 230 ta davlat ichida eng past tarifli 15 ta davlatga kiradi.

Koʻrinib turibdiki, amaldagi tariflar xaqiqiy tannarxni qoplamaydi va soha subsidiyalar evaziga faoliyat yuritmoqda. Shu oʻrinda “Subsidiya oʻzi qayerdan keladi va nima uchun beriladi?” degan savol yuzaga kelishi mumkin.

Subsidiyalar davlat byudjetidan energetika sohasida yangi ishlab chiqarish va uzatish quvvatlarini yaratish uchun beriladi. Subsidiyalar berilishi toʻxtatilsa nima boʻladi? Tarmoqlar yangilanmaydi, elektr energiyasini ishlab chiqarish koʻpaymaydi, uzilishlar soni va muddati kundan-kun ortib boraveradi.

Bu yerda yana bir narsaga aniqlik kiritib ketish zarur – subsidiyalar, asosan, aholi tomonidan isteʼmol qilingan elektr energiyasi va tabiiy gazning amaldagi tariflari va haqiqiy tannarx oʻrtasidagi tafovutni qoplash uchun beriladi.

Hukumat qarori bilan har bir holat tahlil qilingan holda, energoresurslardan oqilona foydalanishning yangi mexanizmlari joriy qilindi, isitish mavsumi, ehtiyojmand oilalar uchun alohida tartiblar joriy etildi. Ehtiyojmand oilalariga aloxida toʻxtalib oʻtsak, ular kimlar, ularga qanaqa imtiyozlar bor?

Ehtiyojmand oilalarga meʼyordan ortiq ishlatilgan elektr
va gaz uchun pul beriladi, Isitish mavsumida (noyabr – fevral oylarida) ehtiyojmand oilalarga quyidagi kompensatsiyalar beriladi:

– noyabrda 270 ming soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam;

– elektr va gaz boʻyicha bazaviy meʼyordan oshgan narxlar oʻrtasidagi farq kompensatsiya qilib beriladi:

gaz uchun – oyiga bazaviy meʼyordan ortiq foydalanilgan 250 kub metrgacha;

elektr uchun – oyiga bazaviy meʼyordan ortiq foydalanilgan 150 kVt soatgacha.

Ehtiyojmand oila sifatida “Ijtimoiy himoya yagona reestri” tizimiga kiritilgan oilalar tushuniladi. “Mahalla yettiligi” tomonidan Yagona reestrga kirmagan ehtiyojmand oilalarning esa qoʻshimcha roʻyxati shakllantiriladi.

Tuman (shahar) hokimliklari ham mahallalar kesimidagi ehtiyojmand oilalar qoʻshimcha roʻyxatiga oʻzgartirish kiritishi mumkin.

Ehtiyojmand oilalar kompensatsiya olish uchun “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga murojaat qilishi kerak

Kompensatsiya oluvchi ehtiyojmand oilalar noyabr – mart oylarida (har oyning 15-sanasigacha) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari yoki mahallalarda faoliyat yurituvchi ijtimoiy xodimlarga murojaat qiladi.

Bunda, arizada pasport maʼlumotlari, abonent raqami va telefon raqami koʻrsatiladi. Ariza berilgan oyning 27-sanasigacha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ bilan birgalikda oʻrganiladi.

Oʻrganish natijasi asosida kompensatsiya pullari ariza berilgan oydan keyingi oyning 27-sanasigacha ehtiyojmand oilalarning plastik kartasiga oʻtkazib beriladi.

Plastik kartasi boʻlmagan ehtiyojmand oilalarga karta bepul ochib beriladi Hokimliklar Xalq banki bilan birgalikda Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan taqdim etilgan roʻyxatga muvofiq 2024-yil 1-noyabrgacha bank plastik kartasi boʻlmagan ehtiyojmand oilalar vakiliga bepul asosda plastik kartalar ochib berilishini taʼminlaydi.

Elektr va gaz uchun xaqiqiy tannarxga asoslangan tariflar kiritilishi bir tomondan ularni tejab, isrof qilmasdan foydalanishni taʼminlasa, ikkinchi tomondan davlat byudjetidan sohaga ajratilayotgan subsidiyalarni boshqa yoʻnalishlarga, shu jumladan, tibbiyot va taʼlimga sarflashga imkon beradi hamda tarmoqlarni modernizatsiya qilish uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni jalb etadi.

 

Uchqoʻrgʻon    tuman   adliya   boʻlimi,
Yuridik Xizmat Koʻrsatish Markazi boshligʻi

B.Orzikulov.