Янгиликлар
To’raqo’rg’on tumanida ham adliya kuni tadbiri o’tkazildi.
To‘raqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi tomonidan Shaxand kasb-hunarga o‘qitish markazi binosi hududida "Adliya kuni" tadbiri tuman mahalla uyushmasi, 4-sektor shtabi, tuman kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligiga ko‘maklashish markazi bilan hamkorlikda Bozorboshi, Yermasjid, Dukat, Majnuntol MFY fuqarolari jalb etgan holda tashkil etildi.
Mazkur tadbir jarayonida fuqarolarga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, bola parvarishi nafaqasini tayinlash tartibi, nikohni bekor qilish asoslari, qonunchilik hujjatlarida yolg‘iz onaga belgilangan imtiyozlar, tadbirkorlikni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi, ishsizlik nafaqasini tayinlash asoslari kabi masalalarda huquqiy tushuntirishlar berilib, targ‘ibot materiallari tarqatildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga 10 dan ortiq sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Tashkil etilgan bo‘sh ish yarmarkalari orqali ishtirokchilarga bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berilib, yo‘llanmalar rasmiylashtirildi.
Namangan viloyati adliya boshqarmasi