Янгиликлар
Adliya vaziri Chust tumani “Sarimsoqtepa” mahallasida “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi
Chust tumani “Sarimsoqtepa” mahallasida “Mahalla yettiligi” bilan o’tkazilgan uchrashuvda adliya vaziri Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish qaratilgan farmonida belgilangan vazifalar ijrosi bilan tanishdi.
Tuman adliya bo’limi boshlig’i tomonidan o’tkazilgan tadimotda uyma-uy o’rganishlar davomida aniqlangan mavjud muammo va masalalar, aniqlangan huquqiy muammolar, hal etilgan murojaatlar, adliya bo’limi ish yurituviga olingan murojaatlarning qonuniy ko’rib chiqilayotganligi bo’yicha amalga oshirilgan ishlarga to’xtaldi.
Shuningdek, adliya vaziri tomonidan mazkur farmonning aholini kundalik hayotida uchrayotgan huquqiy muammosiga yechim topib ularni huquqiy savodxonligini oshirishga alohida e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi.