Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Adliya vaziri To’raqo’rg’on tumani “Zarbdor” mahallasi faoliyati bilan tanishdi.


Namangan viloyati To’raqo’rg’on tumani, Zarbdor mahallasidagi mahalla faollari hamda “Mahalla yettiligi” bilan bo’lib o’tgan muloqotda aholini huquqiy muammolarini hal etish, ularni davlat idoralariga bo’lgan ishonchini yanada mustahkamlash, jinoyatchilikdan holi hududga aylantirish va yoshlar masalasiga e’tibor qaratishda barcha birdek harakat qilishi lozimligi tushuntirildi.

Shuningdek, mahallada davlat xizmatlari markazida ko’rsatilayotgan xizmatlarni 37 turini o’zida mujassam etgan Infokiosk qulayligi haqida suhbatlashildi. Mahalla faollarini aytishicha, mazkur qurilma yordamida davlat xizmatlaridan navbatsiz, ortiqcha yugur-yugurlarsiz kuniga 10-15 nafar fuqaro mazkur qulayliklardan foydalanmoqda.

Shu kuni, fuqarolarga sanatoriyga roʻyxatga qoʻyish, bolalar nafaqasiga ariza joʻnatish hamda kam taʼminlanganlik maʼlumotnomalarni shu joyning oʻzida chiqarib berildi.






 Namangan viloyati adliya boshqarmasi