Янгиликлар
Namangan viloyati yuridik texnikumi bitiruvchilariga “yurisprudensiya” mutaxassisligi bo‘yicha yuridik kadrlarni tayyorlashni amalga oshiruvchi davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirish uchun yo‘llanmalar berish yuzasidan tanlov savollari ro‘yxat
Talabgorning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini aniqlash |
|
T/r |
Savollar |
1. |
Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning mohiyati va uning asosiy xususiyati nimalardan iborat? |
2. |
Xalq hokimiyatchiligi deganda nimani tushunasiz? Xalq hokimiyatchiligining mazmun va mohiyatini batafsil yoritib bering. |
3. |
Referendum nima? Mamlakatimizda referendumni oʻtkazishning huquqiy asoslarini aytib bering. |
4. |
Davlat hokimiyatining boʻlinishi prinsipi deganda nimani tushunasiz? Ushbu prinsipning mazmun va mohiyatiga toʻxtaling. |
5. |
Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning toʻla huquqli subyekti ekanligi nimalarda namoyon boʻladi? |
6. |
Jamoatchilik nazorati deganda nimani tushunasiz? Mamlakatimizda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalari xususida fikr yuriting. |
7. |
Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi deganda nimani tushunasiz? Oʻzbekiston Respublikasida Konstitutsiya va qonunlarning ustunligini ta’minlanish masalalariga atroflicha toʻxtaling. |
8. |
Inson va fuqarolarning huquq va burchlari deganda nimani tushunasiz? Inson huquqlari haqida xalqaro hujjatlarni koʻrsating. |
9. |
Ma’muriy-hududiy tuzilish tushunchasi va uning mohiyatini atroflicha muhokama qiling. |
10. |
Huquqiy madaniyat va huquqiy ong tushunchalarining oʻzaro bogʻliqligini misollar yordamida izohlang. |
11. |
Markaziy va mahalliy davlat organlarini bir biridan farqlang. |
12. |
Davlatning belgilarini muhokama qiling. |
13. |
Huquq normasi tushunchasi, belgilari va xususiyatlarini izohlab bering. |
14. |
Normativ huquqiy hujjatlar tushunchasi va turlarini muhokama qiling. |
15. |
Huquqiy pretsedentni huquqning shakli sifatida muhokama qiling. |
16. |
Huquqning shakllarini sanang va atroflicha muhokama qiling. |
17. |
Huquq shakllari tushunchasini muhokama qiling. |
18. |
Huquqni sharhlash usullari va uning turlarini atroflicha tavsiflab bering. |
19. |
Huquqbuzarlik nima va uning asosiy belgilarini muhokama qiling. |
20. |
Mehnat huquqiy munosabatlari subyektlariga taʼrif bering. |
21. |
Huquq normalarini sharhlash deganda nimani tushunasiz? |
22. |
Davlat mexanizmi nima? Uning tarkibiy qismlarini nimalar tashkil etadi. |
23. |
Huquqiy ong tushunchasini muhokama qiling. Uning ahamiyatini amaliy misollar yordamida izohlang. |
24. |
Huquqiy tarbiya tushunchasi va uning vositalarini tushuntiring. Uning jamiyat hayotidagi tutgan oʻrnini yoritib bering. |
25. |
Oldi-sotdi shartnomasining taraflarlari kimlar? Ularning huquq va majburiyatlarini izohlang. |
26. |
Yuridik shaxs tushunchasiga ta’rif bering? |
27. |
Qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlarni sanab bering. |
28. |
Jinoyat obyekti deganda nima tushuniladi? |
29. |
Jinoyat deganda nima tushuniladi? |
30. |
Jinoiy jazoning maqsadi nimalardan iborat? |
31. |
Jazo tizimida qanday qoʻshimcha jazolar mavjud? |
32. |
Jarima jazosini tushuntirib bering. |
33. |
Parlament nazorati nima? |
34. |
Normativ huquqiy hujjatlarning vaqt, hudud va shaxslarga nisbatan amal qilishini tushuntirib bering. |
35. |
Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan yoshlar huquqlariga oid eng muhim kafolatlarni bilasizmi? |
36. |
Oʻzbekiston Respublikasida saylovlar qaysi prinsiplar asosida oʻtkaziladi? |
37. |
Yashirin ovoz berish nimani anglatadi? |
38. |
Siyosiy partiya nima? O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan siyosiy partiyalar haqida ma’lumot bering? |
39. |
Normativ-huquqiy hujjat nima va uning turlarini haqida nimalarni bilasiz? |
40. |
“Aybsizlik prezumpsiyasi” tushunchasini amaliy misollar yordamida yoritib bering. |
41. |
Oʻzbekistonda davlat organlari tizimida sud hokimiyati qanday ahamiyatga ega? |
42. |
Qonunchilik tashabbusi huquqiga ega subyektlarni sanab bering. |
43. |
Korrupsiya deganda nimani tushunasiz? |
44. |
Qonunchilikni tizimlashtirish deganda nimani tushunasiz? |
45. |
Huquqiy nigilizm va huquqiy idealizm tushunchalarini yoriting va ularni atroflicha muhokama qilib, farqli jihatlarini koʻrsating. |
46. |
Davlatning funksiyalarini tushuntirib bering? |
47. |
Oʻzbekiston xalqi nomidan kimlar ish olib boradi? |
48. |
Ma’muriy tartib-taomillarning asosiy prinsiplari haqida fikr bildiring. |
49. |
Murojaatlarning shakllari hamda turlarini aytib bering. |
50. |
Aqli rasolik va aqli norasolik deganda nimani tushunasiz? |
51. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining shakllantirish tartibini Konstitutsiya va qonunchilik asosida yoritib bering. |
52. |
Ma’muriy organ tushunchasi haqida ma’lumot bering? |
53. |
Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning prinsiplarini tahlil qiling. |
54. |
Yashash joyini erkin tanlash huquqi deganda nimani tushunasiz? |
55. |
“Vijdon erkinligi” tushunchasining mazmun-mohiyati nimada? |
56. |
Muomala layoqati haqida tushunchangizni bayon eting. |
57. |
Fuqarolarning siyosiy huquqlarini izohlab bering. |
58. |
Huquqiy munosabatlar tushunchasi, belgilari va turlari haqida nimalarni bilasiz? |
59. |
Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tuzilishini tushuntiring. |
60. |
Davlat va xalq munosabatlarini konstitutsiyaviy asoslarini yoriting. |
61. |
Davlat hokimiyati vakolatlari boʻlinishi prinsipini tushuntiring. |
62. |
Davlat suvereniteti deganda nimani tushunasiz? |
63. |
Shaxsning huquqiy maqomi tushunchasini yoritib bering. |
64. |
Sudda himoyalanish huquqini tushuntiring? |
65. |
Fikrlash, soʻz va eʼtiqod erkinligi huquqi deganda nimani tushunasiz? |
66. |
Bilim olish huquqingizni yoritib bering. |
67. |
Huquq deganda nimani tushunasiz? |
68. |
Emansipatsiya tushunchasiga ta’rif bering. |
69. |
Vakillik tushunchasiga ta’rif bering. |
70. |
Sudga murojaat qilish shakllarini tushuntiring. |
71. |
Prokuratura organlarining asosiy vazifalari nimalardan iborat? |
72. |
Oʻzbekiston Respublikasida sud tizimi haqida nimalarni bilasiz? |
73. |
Oʻzbekston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi haqida nimalarni bilasiz? |
74. |
Davlat tuzilishi shakli nima? |
75. |
Qonuniylik deganda nimani tushunasiz? |
76. |
Huquq normasining asosiy belgilari nimalardan iborat? |
77. |
Demokratiya tushunchasi va shakllarini izohlang. |
78. |
Nizolarni tinch yoʻl bilan hal etish va boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik deganda nimani tushunasiz? |
79. |
Fuqarolarning asosiy burchlari nimalardan iborat? |
80. |
Yagona fuqarolik deganda nimani tushunasiz? |
81. |
Oilaning jamiyat va davlat tomonidan muhofaza qilinishini huquqiy asoslang. |
82. |
Jamiyat hayotida ommaviy axborot vositalarining oʻrni qanday? |
83. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatalarini sanang. |
84. |
Huquqbuzarlikning asosiy belgilarini sanab bering? |
85. |
Fuqarolik-huquqiy munosabatlar deganda nimani tushunasiz? |
86. |
Jinoyatning qanday belgilari mavjud? |
87. |
Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosining mohiyati nimadan iborat? |
88. |
Jinoiy jazoning qanday turlari mavjud? |
89. |
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olish asoslarini tushuntirib bering. |
90. |
Tamom boʻlmagan jinoyatning qanday turlari bor? |
91. |
Jinoiy jazoning maqsadi nimalardan iborat? |
92. |
Davlat boshqaruv shakliga koʻra monarxiya va respublikaga boʻlinadi. Ularning farqli va oʻxshash jihatlarini muhokama qiling. |
93. |
Davlat tuzilishi shakli sifatida konfederatsiyani tavsiflang va uning belgilarini koʻrsating. |
94. |
Huquq layoqati va muomala layoqati tushunchalarini izohlab bering. |
95. |
Ish vaqti va dam olish vaqti tushunchasini tushuntirib bering. |
96. |
Qonunchilik jarayoni qanday bosqichlardan iborat ? |
97. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomzodiga qoʻyiladigan talablar nimalardan iborat? |
98. |
Jinoyat uchun javobgarlik deganda nimani tushunasiz va uning asoslari qanday? |
99. |
Mehnat shartnomasi nima? |
100. |
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari haqida gapirib bering. |
Talabgorning maʼnaviy-axloqiy fazilatlarini aniqlash |
|
T/r |
Savollar |
1. |
Prezidentimizning yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha 5 ta muhim tashabbuslarini mazmun-mohiyatini izohlang. Mazkur islohotlardan qanday natijalar koʻzlangan? |
2. |
Mamlakatimiz xavfsizligiga, jamiyat barqarorligiga putur yetkazuvchi qanday mafkuraviy tahdidlar mavjud deb hisoblaysiz? |
3. |
O‘zbekiston Respublikasida millatlararo munosabatlarni mustahkamlashda qanday islohotlar amalga oshirilmoqda? |
4. |
Oʻzbekiston Respublikasi qaysi mintaqaviy va xalqaro tashkilotlarning aʼzosi hisoblanadi? |
5. |
Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha soʻnggi islohotlar nimalarda aks etadi? Adliya vazirligi tizimida bu borada qanday mexanizmlar yaratilgan? |
6. |
“Ommaviy madaniyat” tushunchasi va uning bugungi kundagi o‘rnini yoriting. |
7. |
Tarbiyaning milliy va xorijiy tajribalardagi mushtarakligi va oʻziga xosligi nimalardan iborat? |
8. |
Markaziy Osiyo mintaqasidagi hozirgi mafkuraviy jarayonni baholab bering? |
9. |
Hozirgi davrda informatsion xurujlarning qaysi shakl va turlari keng tarqalgan? |
10. |
Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda davlat boshqaruvi tizimida katta oʻzgarishlar sodir boʻldi. Mazkur islohotlar uchun qanday tamoyillar asos qilib olindi? |
11. |
Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini shaxsiy tajribangizdan kelib chiqqan holda asoslang. |
12. |
Yurist uchun zaruriy boʻlgan kasbiy koʻnikmalar ichida yozma nutq koʻnikmalarini rivojlantirishning kasbiy faoliyatda qanday oʻrin tutishini asoslab bering? |
13. |
Huquqiy munosabatlarda, huquqshunosning kundalik faoliyatida etiket qanday namoyon boʻlishi lozim? |
14. |
Obroʻ va eʼtibor (reputatsiya) nima hamda uning yurist kasbida ahamiyati qanday? |
15. |
Har bir inson kasb tanlashda oʻzining hayot tajribasi, qiziqishlari va intilishlariga qarab hayot yo‘lini tanlaydi. Sizning yurist mutaxassisligini egallashingizda qanday shaxslarning hayot tajribasi taʼsir koʻrsatdi? |
16. |
Axloqiy fazilatlar deganda nimani tushunasiz? |
17. |
Jamiyatda adolatsizlik holatlariga qarshi kurashda yuristlarning oʻrni va roli qanday? Fikringizni misollar bilan tushuntiring? |
18. |
Ma’lum bir maqsadga erishishda axloqiy fazilatlarning inson hayotidagi ahamiyati qanday? |
19. |
Jamiyatda qonuniylik va adolat hukm surishi uchun juda koʻp omillar amal qilishi kerak. Shunday omillardan biri aholining oʻz huquq va majburiyatlarini yaxshi bilishi, ularni amalga oshira olishidir. Aholining huquqiy ongini koʻtarishda yuristlarning oʻrni va roli nimalarda namoyon boʻladi? |
20. |
Yosh avlodni maʼnaviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalashdan koʻzlangan maqsad nima deb oʻylaysiz? |
21. |
Yuridik sohani egallashni maqsad qilib olgan har bir kishi, albatta, huquqshunoslikka qiziqib, u haqida muayyan tasavvurlarga ega boʻladi, chunki yurist kasbi jamiyatning huquqiy tizimi bilan chambarchas bogʻliq. Mazkur sohani tanlashda siz qaysi jihatlarga ko‘proq e’tibor qaratgan bo‘lar edingiz? |
22. |
Shaxsiy kunlik rejangizni tuzayotganingizda asosiy va ikkilamchi vazifalarni ado etishda “vazifalarni boʻlish” qoidasiga amal qilasizmi, agar shunday bo‘lsa yoritib bering. |
23. |
Oldingizga qoʻygan eng asosiy maqsad va unga erishish yoʻlida amalga oshirilishi zarur boʻlgan kichik maqsadlaringizni bayon qiling. |
24. |
Yurist etikasida axloqiylik bilan axloqsizlik holatlari qanday oʻrin tutadi? |
25. |
Yurist uchun zaruriy boʻlgan kasbiy koʻnikmalar ichida yozma nutq oʻta muhim ahamiyat kasb etadi. Binobarin, yurist faoliyati bevosita hujjatlar bilan bogʻliq holda kechadi? Yozma nutqning kasbiy faoliyatda tutgan oʻrnini asoslab bering. |
26. |
Ma’naviyat va ma’rifat tushunchalariga izoh bering? |
27. |
Maʼlumki, yuristlar faoliyati bevosita jismoniy va yuridik shaxslar oʻrtasidagi nizolarni hal etish bilan bogʻliq. Fikringizcha, yuristlar bunday masalalarni hal etishda qanday tamoyillarga tayanadilar? |
28. |
Qadimgi Rimda amaliyotchi yurist, albatta, notiq boʻlishi talab etilgan. Agarda, birorta yuristning nutqi aholida avvalgiday qiziqish uygʻotmasa, bu holda bu yuristning ishi orqaga keta boshlagan, chunki unga kam kishi yoki umuman hech kim himoya soʻrab murojaat qilmagan. Yurist faoliyatida ogʻzaki nutqning tutgan oʻrnini tushuntirib bering. |
29. |
Jamiyatda ayrim insonlar yoshligidan maʼlum bir kasbga qiziqib, shu kasb egasi boʻlishi uchun doim harakat qiladi. Ayrim toifadagi insonlarning kasb tanlashida esa ularda shakllangan xarakter katta rol oʻynaydi. Sizningcha, yurist kasbini egallash uchun shaxsda qanday xarakter yoki sifatlar shakllangan boʻlishi kerak? |
30. |
Jamiyatda ayrim toifadagi shaxslar korrupsiya boshqa sohalarga qaraganda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari orasida keng tarqalgan, degan fikrda. Boʻlajak huquqshunos sifatida siz bunga qanday qaraysiz va uni oʻzgartirish uchun nima qilgan boʻlardingiz? |
31. |
Sizni oʻrab turgan muhitda oʻz ishlaringizni rejalashtirib yurishingizga qaramay ayrim omillar tufayli vaqtingiz rejadan tashqari ishlarga sarflanadi. Oʻz shaxsiy misolingizda shunday holatlarni aniqlab, ularni bartaraf etish boʻyicha qanday takliflarni aytgan boʻlardingiz? |
32. |
Yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida huquqbuzarliklar va jinoyatlar sodir etilishining oldini olish deganda nimani tushunasiz? |
33. |
Jamoa muvaffaqiyatga erishishi uchun jamoa yetakchisi – liderning ahamiyati katta. Jamoani muvaffaqiyatli boshqarishda liderning vazifalari, xatti-harakati va yetakchilik sifatlarini tahlil qiling. |
34. |
Ishlarni rejalashtirish samaradorlikni oshirishga qanchalik yordam beradi? Ishlarni qanday tartibda rejalashtirgan foydaliroq? Xotiradami yoki qogʻozga tushirilganimi? |
35. |
Gen yaʼni tugʻma qobiliyatlar tabiatda eng kuchli iqtidor sohiblarini yaratadi. Siz ushbu fikrga qanchalik qoʻshilasiz? Masalan, rahbarlik yoki liderlik qobiliyatlari tugʻma boʻlishi mumkinimi? |
36. |
Siz oldingizga qoʻygan maqsadingizga erishishda namuna boʻlishi mumkin boʻlgan zamonamizning eng muvaffaqiyatli kishilari faoliyatidan misollar keltiring. |
37. |
Yuksak maʼnaviyatli, qatʼiy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarashga ega boʻlgan fidoyi va vatanparvar yoshlarni qanday tarbiyalash mumkin? |
38. |
Huquqshunoslik sohasini tanlaganlardan yuksak maʼnaviy fazilatlarni egallash talab etiladi. Sizningcha, ana shu yuksak fazilatlar deganda nimalar tushuniladi? |
39. |
“Soʻzamollik” va “notiqlik”ning oʻxshash va farqli jihatlarini izohlab bering. Ushbu koʻnikmalarni qanday rivojlantirish mumkin? |
40. |
Ijtimoiy tarmoqlarning hayotingizdagi oʻrni qanday? Siz ulardan qanday maqsadlarda foydalanasiz? |
41. |
Fuqarolarda ekologik madaniyatni shakllantirish uchun nimalar qilish lozim deb hisoblaysiz? |
42. |
Huquqshunosning muomala madaniyati va uning etiket jihatdan barkamol boʻlishi lozimligi yuzasidan fikrlaringizni yoritib bering. |
43. |
Korrupsiya va uning jamiyat rivojiga boʻlgan salbiy jihatlari haqida oʻz fikr va mulohazalaringizni bayon qiling. Korrupsiyaga toqatsizlik deganda nimani tushunasiz? |
44. |
Siz motivatsiyani qanday tushunasiz va uni kimlardan yoki nimalardan olasiz? |
45. |
Yoshlarni yot gʻoyalar taʼsiridan himoya qilish uchun nimalar qilish lozim deb hisoblaysiz? |
46. |
Fuqarolik jamiyatini rivojlanishida salohiyatli va malakali huquqshunosning roli haqida fikr yuriting. |
47. |
Gender tenglik deganda nima tushunasiz. Yangi Oʻzbekistonda gender tengligini taʼminlash borasida qanday amaliy islohotlar amalga oshirilmoqda? |
48. |
Prokrastinatsiya yaʼni biror ishni bajarishni dangasalik natijasida yoki sababsiz kechiktirish bilan bogʻliq muammolarga duch kelganmisiz? Punktuallik, yaʼni har bir ishni oʻz vaqtida bajarish koʻnikmasini qay darada oʻzlashtirgansiz? |
49. |
Davlat xizmatlari agentligining asosiy vazifalari va “Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi” tamoyilining asosiy mazmunini yoritib bering. |
50. |
Yoshlarning maʼnaviy kamol topishiga salbiy taʼsir etuvchi omillar yuzasidan fikr va mulohazalaringizni bildiring. Kitobxonlikni targʻib qilish orqali bu muammolarga yechim topish mumkinmi? |
51. |
Bugungi kunda inson vaqtini oʻgʻirlaydigan qanday vositalar yaʼni xronofaglarni bilasiz va ulardan qay tarzda oqilona foydalanish mumkin deb oʻylaysiz? |
52. |
Sizningcha, qanday omillar shaxsda kreativlikni rivojlantirishga toʻsqinlik qiladi? |
53. |
Huquqshunosning professional faoliyatida shaxsiy fazilatlarning roli va ahamiyati qanday? |
54. |
Shaxsiy rivojlanish rejasini tuzishda shaxs oʻzini oʻzi real baholashi qanchalar muhim? Fikringizni hayotiy misollar bilan asoslang. |
55. |
Huquqshunos oʻz oldiga qoʻyishi mumkin boʻlgan biror yirik maqsad misolida unga erishish uchun kichik va oʻrta muddatlarda amalga oshiriladigan ishlarni aytib bera olasizmi? |
56. |
Shaxsiy rivojlanish rejasini tuzishda shaxs oʻzini oʻzi real baholashi qanchalar muhim? Fikringizni hayotiy misollar bilan asoslang. |
57. |
Huquqshunos faoliyatida shaxsiy rivojlanishning aniq rejasiga ega boʻlish unga qanday imkoniyatlar yaratadi, deb hisoblaysiz? |
58. |
Huquqshunos nutqining taʼsirchanligi qanday omillarga bogʻliq? |
59. |
Kishilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda kitobning ahamiyati nimada deb bilasiz? |
60. |
Sizningcha, huquqshunos nutqi boshqa kasb egalari nutqidan qaysi muhim sifatlari bilan ajralib turishi lozim? |
61. |
Aristotel: “Kishining goʻzalligi libosida emas, balki tilida” degan ekan. Savol: Buyuk faylasufning bu fikrini qanday izohlash – sharhlash mumkin? |
62. |
Omma oldiga chiqib nutq soʻzlash huquqshunoslardan juda koʻp sifatlarni, fazilatlarni talab qiladi. Savol: Ularning ayrimlarini kengroq izohlab bera olasizmi? |
63. |
Davlat ayblovchisi – prokurorning suddagi nutqi qanday meʼyorlar asosida tuzilishi kerak? |
64. |
Advokat nutqini samarali, sud qaroriga oʻz taʼsirini oʻtkaza oladigan darajada boʻlishini taʼminlaydigan qanday muhim omillarni keltira olasiz? |
65. |
Uzluksiz maʼnaviy tarbiya – milliy yuksalish kafolati boʻla oladimi? |
66. |
Mantiqiy fikrlashni shakllantiruvchi omillarga nimalar kiradi? |
67. |
Mantiqiy fikrlashning asosiy talablarini tushuntiring. |
68. |
Huquqshunos faoliyatida tafakkur qonunlarining ahamiyati nimalar bilan izohlanadi? |
69. |
Yurist mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirib borishi bilan qanday koʻnikmalarga ega boʻladi? |
70. |
Nima uchun yuristlar oʻzida tanqidiy fikrlash koʻnikmalarini rivojlantirishi kerak? |
71. |
Nima uchun toʻgʻri qaror qabul qilish koʻnikmalarini rivojlantirish kerak, yurist faoliyatida toʻgʻri qaror qabul qilish koʻnikmalarining o‘rni qanday? |
72. |
Siz qarorlarni qanday qabul qilasiz? Oʻzingizning tajribangizdan kelib chiqib misollar keltiring. |
73. |
Jamoada ishni tashkil etishda liderning rolini tushuntiring. |
74. |
Rahbar va lider tushunchalari oʻrtasidagi mushtarak va farqli jihatlar bormi? |
75. |
Jamoa ishining afzalliklari. Jamoa ishi muvaffaqiyatining asosiy omillarini sanang. |
76. |
Huquqshunoslar jamoasi ishini toʻgʻri tashkil etishlari uchun nimalarga eʼtibor qaratishlari lozim? |
77. |
Axloq va huquq oʻrtasida qanday o‘xshash va farqli tomonlar mavjud? |
78. |
Yurist kasb etikasining eng muhim xususiyatlarini yoritib bering. |
79. |
Axloqiy sifatlarning shaxs takomili, uning hayot yoʻlidagi ijobiy taʼsiri nimalarda namoyon boʻlishi xususida hayotiy misollar yordamida mulohaza yuriting. |
80. |
Mutaxassisning mehnat faoliyati, kasbiy yutuqlarida unga qanday axloqiy sifatlar yordam beradi? |
81. |
“Isbotlanmagan ayb – isbotlangan aybsizlikka teng” degan qoidani tushuntirib bering? |
82. |
Manfaatlar toʻqnashuvi deganda nimani tushunasiz? Yuristning manfaatlar toʻqnashuvini oldini olishda o‘rni qanday? |
83. |
Shaxs ma’naviyatini shakllantirishda ta’limning rolini yoritib bering. |
84. |
Shaxs ma’naviyatini rivojlantirishda ma’naviy qadriyatarning o‘rni qanday? |
85. |
Odamni shunchaki eshitish bilan astoydil tinglash oʻrtasida qanday farq bor? Qay biri foydaliroq ekanini misollar bilan izohlang. |
86. |
Siz oʻzingizni jamoada ishlay oladigan odam deb hisoblaysizmi? Javobingizni hayotiy misollar bilan asoslang. |
87. |
Nima uchun ish beruvchilar sizning nizoni hal qila olish koʻnikmangiz bor-yoʻqligiga katta eʼtibor qaratishadi, deb oʻylaysiz? |
88. |
Oldinga qoʻyilgan maqsadga toʻla erishish uchun shaxsdan nimalar talab qilinadi? |
89. |
Kuchli tazyiq yoxud bosim ostida qaror qabul qilishingizga toʻgʻri kelganida, vaziyatdan qanday chiqar edingiz? |
90. |
Muzokaralar olib borish koʻnikmasini qanday shakllantirish mumkin? |
91. |
Kommunikativ koʻnikmalarni rivojlantirishning asosiy usullari nimalar boʻlishi mumkin? |
92. |
Odil sudlov qaysi axloqiy va huquqiy asoslarga tayanishi lozim? |
93. |
Sud jarayonining axloqiy xususiyatini taʼminlashda sudyaning roli nimalardan iborat boʻladi? |
94. |
Sud muzokarasi ishtirokchilariga boʻlgan umumiy axloqiy talablar haqida gapirib bering. |
95. |
Shaxs va millatning ma’naviy kamoloti o‘zaro bog‘liqmi? |
96. |
Sizningcha, huquqshunos imijining zamonaviyligi nimalarda namoyon boʻladi? |
97. |
Zamonaviy yurist imijini shakllantirish bilan oʻz-oʻzini rivojlantirish oʻrtasida qanday aloqa mavjud, deb oʻylaysiz? |
98. |
Huquqiy munosabatlarda, huquqshunosning kundalik faoliyatida etiket qanday namoyon boʻlishi lozim? |
99. |
Ijobiy imij yaratish orqali qanday masalalar hal qilinadi? |
100. |
Muayyan imijni shakllantirishning asosiy maqsadi nima? Yurist imijini shakillantirishning o‘ziga xos jihatlarini yoriting. |