Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Namanganda aholining huquqi muammolari uyma-uy yurib oʻrganilmoqda.



Xabaringiz bor, joriy yilning 24 may kuni Prezidentimizning “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Farmoni imzolangan edi. Bu bilan esa, adliya organlari, xodimlarining bu boradagi faoliyat yoʻnalishlarini yanada kengaytirdi, qoʻshimcha vazifalar yukladi. Loʻnda qilib aytganda, adliya organlari fuqarolarning kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etishda yangicha tizim asosida ishlashga oʻtmoqda.
Farmon bilan adliya organlarining qoʻshimcha yangi faoliyat yoʻnalishlari belgilandi. Maqsad joylarda aholi koʻtarayotgan dolzarb muammolarni hal qilish, fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam koʻrsatish, huquqiy muammolarini mahallaning oʻzida hal qilish hamda aholiga, avvalo ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam koʻrsatilishini taʼminlash koʻzda tutilgan.


Haftaning chorshanba kuni “Huquqiy targʻibot kuni” deb belgilangani bois, Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi boshchiligidagi ishchi guruh mahallalarga chiqib, aholining huquqiy muammolarini uyma-uy yurib oʻrganmoqda.



Jumladan, boshqarma boshligʻi tomonidan Davlatobod tumani, “Yuksalish” mahallasida oʻtkazgan oʻrganishlarida, fuqarolarning kadastr, nafaqa tayinlash, yordam pulini olish, ehtiyotsizlik oqibatida yoʻqotilgan tugʻilish, nikoh guvohnomalari tiklash, kabi muammolar aniqlandi. Shu joyning oʻzida masʼullar biriktirilib, aholi murojaatlari adliya boʻlimining ish yurituviga olindi.



Shuningdek, boshqarma boshligʻining birinchi oʻrinbosari tomonidan Norin tumani “Furqat”, “Bobur” va “Oʻzbekiston” mahallasidagi “Xonadonbay” oʻrganishlari davomida fuqarolarning muammolariga quloq tutildi. Jumladan, fuqaro I.Mirzayev nabirasi 1-guruh nogironligi boʻlsada, qiziga parvarishlaganlik uchun nafaqa tayinlash rad qilinganligini aytgan boʻlsa, yana bir fuqaro M.Temirov nogironlik aravachasi olishda amaliy yordam soʻradi.
Shu kuni, loyiha doirasida mahallalardagi “Yagona ijtimoiy himoya reyestri”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oilalarning huquqiy muammolari uyma-uy yurish orqali oʻrganilib, ularga huquqiy maslahatlar berildi hamda sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi.

Mingbuloq tumani “Oybek” mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan Madaniyat markazida Majburiy ijro byurosi, tuman kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi bilan hamkorlikda sayyor qabul, ishsiz aholi va yoshlar uchun mehnat yarmarkasi oʻtkazildi.

Bundan tashqari, tuman (shahar) adliya boʻlimi, yuridik xizmat koʻrsatish markazi, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimi, davlat xizmatlari markazi xodimlari, shuningdek, Madad NNT xodimlari tomonidan oʻzlariga biriktirilgan mahallalarda oʻrganishlar olib borilmoqda.












https://t.me/namanganadliya/28202