Янгиликлар
12
"Huquqiy targ'ibot kuni" - aholining huquqiy muammolari yechimiga ko'makdir!
To‘raqo‘rg‘on tumanida uyma-uy yurgan holda, fuqarolarning kundalik hayotidagi huquqiy muammolari o‘rganilmoqda...
To‘raqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2024 yildagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80 sonli Farmoni ijrosi yuzasidan tuman Adliya bo‘limlariga yuklatilgan yangi vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida, uyma-uy yurgan holda fuqarolarga huquqiy ko‘mak berib kelinmoqda.
Shu sababli Bo'lim xodimlari tomonidan joriy yilning 12-iyun kuni tumandagi 4-sektor hududida joylashagan Dukat va Bog'ishamol MFYlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarning xonadoniga kirib, ularga yoshlar, ayollar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar haqida xabardor qilindi hamda huquqiy muammosi bor fuqarolar bilan uchrashildi.
Xususan, Dukat MFYdagi 100 ta xonadonga o'z vaqtida yetkazib berilmayotgan suyultirilgan gaz balonlarini shu kunning o'zida yetkazib berilishida amaliy yordam berildi.
Shuningdek, sektor hududi bo'yicha 20 dan ortiq dehqon xo'jaligini Dukat MFY binosida sayyor davlat xizmati asosida ro'yxatdan o'tkazildi.
Bundan tashqari "Huquqiy targ'ibot kuni" yakuni yuzasidan Dukat va Bog'ishamol MFY yettiligi xodimlariga ham tegishlicha huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berilib, aholining huquqiy muammolariga yechim topish bo'yicha doimiy ravishda hamkorlikda ishlashga kelishildi.
https://t.me/namanganadliya/28221