Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Yangiqo’rg’on tumani adliya bo’limida “Sayyor sud” o’tkazildi.


Mamlakatimizda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimi tubdan takomillashtirilib, fuqarolarning bu boradagi huquq va manfaatlari taʼminlab kelinmoqda.

Namangan viloyati adliya boshqarmasiga kelib tushayotgan murojaatlarni oʻrnida koʻrib chiqilishi esa aholining davlat organlariga boʻlgan ishonchini yanada oshirmoqda.
 
Yangiqo'rg'on tumani adliya bo'limi binosida Namangan tumanlararo ma'muriy sudi raisi O.Ziyoviddinov raisligida tumanda yashovchi 3 nafar fuqarolarga tuman hokimining tegishli qarorlari bilan qonuniy tartibda ajratib berilgan yer maydonlari asossiz ravishda fermer xoʻjaligi tarkibiga qoʻshib yuborilganligi yuzasidan kiritilgan adliya boʻlimining daʼvo arizasi sayyor sud majlisi tartibida koʻrib chiqildi.  
 
 Natijada, Namangan tumanlararo maʼmuriy sudining xal qiluv qarori bilan davo arizasi qanoatlantirilib, Yangiqoʻrgʻon tuman hokimining 2019-yildagi qarorining ushbu fuqarolarga daxldor qismi xaqiqiy emas deb topildi. 
 
 Yurtimizda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida olib borilayotgan islohotlarda aholining murojaatlariga ijobiy yechim topish va ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadi mujassam. Shu islohotlarga hamohang tarzda Namangan viloyati adliya boshqarmasi va uning quyi tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlar aholining murojaatlarini belgilangan muddatlarda koʻrib chiqib, ijobiy hal etishga oʻz hissalari qoʻshib kelmoqda

.   
Namangan viloyati adliya boshqarmasi