Янгиликлар
Chortoq tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi majlislar zalida Namangan viloyati adliya boshqarmasi va Chortoq tumani Yuridik xizmat ko‘satish markazlari xodimlari ishtirokida tumandagi yuridik xizmat ko‘rsatiluvchi tashkilotlar rahbar va xodimlari
Bugungi kunda Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan “E-huquqshunos” elektron tizimi oraqli Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlariga buyruqlar, farmoyishlar, shartnomalar va yuridik tusdagi boshqa hujjatlarning loyihalari elektron tarzda yuborilmoqda. Markazga kelib tushgan hujjat rahbar tomonidan mas’ul xodimga biriktiriladi va xodim 3 kunlik muddat ichida huquqiy ekspertizadan o‘tkazish yoki kelishish uchun taqdim etilgan idoraviy va yuridik tusdagi boshqa hujjatlar loyihalarini mustaqil yoki yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarning tegishli tuzilmalari bilan birgalikda huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi, huquqiy ekspertizadan o‘tkazish natijasiga ko‘ra e’tirozi bo‘lsa, ularning qonunchilikka, qonunchilik texnikasi qoidalariga, havola qiluvchi normalar qo‘llanilishining asosliligi va maqsadga muvofiqligi, shuningdek ularda korrupsiyaga sabab bo‘ladigan omillarning mavjudligi yoki mavjud emasligi yuzasidan yuridik xulosalar tayyorlaydi.
Mazkur seminar orqali esa, yuridik xizmat ko‘rsatish markaziga kelayotgan elektron hujjatlardagi ayrim xato va kamchiliklarni bartaraf etish, yuridik xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, tizim samaradorligini oshirish bu borada xizmat ko‘rsatiluvchi tashkilotlar takliflarni olish va ularni amaliyotda qo‘llab ularga tomonlama yordam berish hisoblanadi.
Seminarda davlat tashkilotlarida yuridik xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ma’lumot va jarayonlarni elektron ravishda yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish imkonini beruvchi “E-huquqshunos” elektron tizimining qulayliklari, davlat tashkilotlarining mulkiy hamda boshqa huquqlari, qonuniy manfaatlari o‘z vaqtida samarali himoya qilinishi, qabul qilinayotgan hujjatlarning qonuniy, har tomonlama puxta va sifatli bo‘lishini ta’minlash kabi masalalarga ham alohida urg‘u berildi.
Seminar so‘nggida ishtirokchilarg“E-huquqshunos” dasturining asosiy jihatlarini aks ettirgan maxsus bukletlar tarqatildi. Shunindek, dasturni ishlash tartibi haqida tushuntirishlar berildi. Ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga markaz xodimlari tomonidan batafsil javob berildi
.
Namangan viloyati adliya boshqarmasi