Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Sayyor qabullar-muammolarga yechim.


Joriy yilning 4 iyun kuni tuman IIB bo‘limi, Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi hamda tuman adliya bo‘limi rahbarlari tomonidan hamkorlikda 3-sektor hududidagi Qayrag‘ochovul mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabulda fuqarolar tomonidan berilgan murojaatlar tinglanib, ularning yechimini topish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

Qabulda aholi vakillariga hududda huquqbuzarliklar va jinoyatlar sodir etilishini oldini olish va unga qarshi kurashish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi. 

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 24 maydagi PF 80-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 16 apreldagi 204-son qarorining mazmun-mohiyati va ushbu qaror bilan belgilangan tabiiy gaz va elektr energiyasining yangi tariflari, ehtiyojmand oilalarga 270 ming so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam hamda bazaviy me’yordan oshgan narxlar o‘rtasidagi farq kompnesatsiya qilib berilishi yuzasidan ishtirokchilarga huquqiy tushuntirishlar berildi.






Namangan viloyat adliya boshqarmasi