Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Adliya vaziri oʻrinbosari tadbirkorlar bilan muloqot oʻtkazdi


Adliya vaziri oʻrinbosari Muzraf Ikramov “Merrymed Farm” masʼuliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tadbirkor va faoliyat olib borayotgan xodimlar bilan muloqot davomida, koʻplab ishchi oʻrin yaratgan tadbirkorlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida soʻz yuritildi. “Brend olishning afzalliklari hamda brendni roʻyxatdan oʻtkazmay ishlashning huquqiy oqibatlari” haqida tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, tadbirkorlarga oʻz soha faoliyatiga oid huquqiy axborotni, shu jumladan, qonunchilikdagi yangiliklarni olish manbalari va shakllari haqida maʼlumotlar berish bilan bir qatorda, ularning muammo va takliflari oʻrganildi. 

Muloqotda intellektual mulk sohasidagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar uchun tovar belgisi olish bilan bog‘lik masalalarni o‘rtoqlashdi. Shuningdek, huquqiy jihatdan qanday yordam va maslahatlar kerak boʻlsa adliya vazirligi hamda uning hududiy boshqarmasi tayyorligi maʼlum qilindi.





 Namangan viloyat adliya boshqarmasi