Янгиликлар
Vazir o'rinbosari tizim xodimlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi
Adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov Namangan shahar adliya bo‘limi faoliyati bilan tanishdi.
M.Ikramov tomonidan adliya organlarining asosiy vazifasi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, aholining huquqiy madaniyatini oshirishda mahallalardagi faollar imkoniyatidan foydalanish, mahalladagi yettilik bilan bevosita hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, aholining huquqiy ongini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlab o‘tildi.
Shuningdek, yuridik xizmat ko’rsatish markaz faoliyati bilan tanishib, ulardagi yutuq va kamchiliklar tahlil qilindi. Yuridik xizmat ko’rsatilayotgan tashkilotlar bilan hamkorlik muhokama etildi.
Shu kuni Namangan shahridagi davlat xizmatlari markazida bo‘lib, bu yerda fuqarolarga yaratilgan shart-sharoitlar, ko’rsatiladigan davlat xizmatlarini qulay va osonligi, o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish burchaklari faoliyati ko‘zdan kechirildi.
Shu bilan birga, Namangan shahar davlat xizmatlari markazi binosidagi barcha qulayliklarga ega boʻlgan navbatsiz xizmat maskanidagi sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Namangan viloyat adliya boshqarmasi