Янгиликлар
Namangan viloyatida Men O‘zbekistonlikman” tengdosh- tengdoshga tamoyili asosida keng qamrovli targ‘ibot aksiyasiga davom etmoqda.
Targ‘ibot tadbiri Namangan davlat unversitetida tashkil etilib, tadbirni o‘tkazish uchun TDYUdan o‘qituvchi va talabalar hamda Namangan viloyati yuridik texnikumi o‘quvchilari tashrif buyurdilar.
Ular yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazib, mamalakatimizda yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, qonunchilikda yoshlarga berilayotgan imtiyoz va kafolatlar hamda ona Vatanga muhabbat, sadoqat, mehr-muruvvat kabi tuyg‘ularni mustahkamlash bo‘yicha suhbat o‘tkazdilar.
Tadbir davomida yoshlar bilan savol-javoblar o‘tkazilib, faol yoshlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
https://t.me/namanganadliya/27560
Namangan viloyat adliya boshqarmasi