Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Namangan shahridagi Ishga marhamat "Mono markazi"da Namangan hududiy biznes Inkubatori tomonidan tashlik etilgan o‘z biznesini boshlamoqchi va kengaytirish istagida bo‘lgan tadbirkorlar uchun "Tadbirkorlik asoslari" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi


Ishtirokchilarga, Adliya boshqarmasi bosh maslahatchisi J.Qo‘chqarov, Intelektual mulk huquqlari, brend olish afzalliklari hamda kontrafakt mahsulot ishlab chiqarishning huquqiy va salbiy oqibatlari, shuninhgdek, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi 204-son Qarorining mazmun-mohiyati to‘grisida tushunchalar to‘g‘risida,  savdoda turgan yer va mulklarni sotib olish usullarini to‘g‘risida, loyiha biznes treneri M.Otoboyev, Biznes reja loyihalarini ishlab chiqishda, faoliyat turi va loyiha qiymatini aniqlash, mahsulot yoki xizmat ko‘rsatish tannarxini hisoblash, biznesni joylashuvi bo‘yicha taqdimot va tushunchalarni berib o‘tdilar.

O‘quv seminar mashg‘uloti davomida ishtirokchilarga "Kontrafakt mahsulotlar katalogi" hamda VMQ-204-sonli qarorining qisqacha mazmuni yoritilgan "Flayer"lar tarqatildi
 
Qolaversa, ishtirokchilarga mavzu yuzasidan bergan savollarga, masʼullar tomonidan javoblar berilib, ularga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun boshlang‘ich bilim va tajriba zarurligini, ilg‘or tadbirkorlar bilan muloqotda bo‘lishlarini, doimo izlanishda yangilikka intirilish zarurligi yuzasidan taklif va tavsiyalarini bildirib o‘tdilar. 

Namangan tumani XBI binosida o‘quv kurslari davom etmoqda.


Namangan viloyat adliya boshqarmasi