Янгиликлар
Har bir murojaatni qonuniy hal etish asosiy maqsadimiz.
Uchqo‘rg‘on tumani adliya bo‘limiga tumanning, O‘rdabog‘ MFY, Lutfiy ko‘chasi, 66-uyda yashovchi fuqaro Abdurasulov Ikromjon Mamadjanovichning 2005-2015-yillarda “A.I.M-Shamshod” XKda ishlagan davrlari Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Uchqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan pensiya tayinlashda hisobga olinmaganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganib chiqildi.
O‘rganish jarayonida, fuqaro Abdugasulov Ikromjon Mamadjanovichning 2005-2015-yillarda “A.I.M-Shamshod” XKda direktor lavozimida ishlaganligi, hozirgi vaqtda yoshga doir pensiya olayotganligi, lekin Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Uchqo‘rg‘on tuman bo‘limi pensiya va nafaqalar tayinlash komissiyasining 2024-yil 25-yanvardagi 1641488-sonli qarori bilan fuqaroning 2005-2015-yillarda “Uchqo‘rg‘on tuman avto xo‘jalik ishlab chiqarish” MCHJ hamda 2012-2015-yillarda “A.I.M-Shamshod” XKda direktor bo‘lib ishlagan davrlari ish stajidan chiqarib tashlanganligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘ZARXIV” agentligi Namangan viloyat Arxiv ishi hududiy boshqarmasi Uchqo‘rg‘on tuman davlat davlat arxivining 2005-2015-yillar ish haqi va shaxsiy tarkibga oid hujjatlar demozitar saqlash uchun topshirilmaganligi aniqlandi.
Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 125-moddasida hamda “Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to‘g‘risida”gi qonunning
42-moddasida mexnat daftarchasi hodimning mexnat stajini tasdiqlovchi asosiy xujjat ekanligi belgilangan.
Uchqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi tomonidan Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Uchqo‘rg‘on tuman bo‘limi pensiya va nafaqalar tayinlash komissiyasining 2024-yil 12-fevraldagi 1824-sonli qarorini haqiqiy emas deb topish hamda Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Uchqo‘rg‘on tuman bo‘limi zimmasiga fuqaro I.Abdugasulovning 2005-2015-yillarda “A.I.M-Shamshod” XKda ishlagan davrlarni ish stajiga qo‘shib hisoblash majburiyatini yuklash yuzasidan Namangan tumanlararo sudiga da'vo arizasi kiritilib, Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Uchqo‘rg‘on tuman bo‘limi pensiya va nafaqalar tayinlash komissiyasining 2024-yil 12-fevraldagi 1824-sonli qarorini haqiqiy emas deb topildi hamda fuqaroning 2005-2015-yillarda “A.I.M-Shamshod” XKda ishlagan davrlarni ish stajiga qo‘shib hisoblash yuzasidan sudning hal qiluv qarori chiqarildi.
Xulosa qilib aytganda, Prezidentimiz aytganidek, “erishilgan yutuqlar o‘zimizniki, unga mahliyo bo‘lib o‘tirish bizga yarashmaydi. Odamlar hamma narsaga chidashi mumkin, adolatsizlikka chiday olmaydi. Jamiyatda adolat barqaror bo‘lishida adliya organlarining o‘rni katta bo‘lmog‘i kerak”.
Azamat Shamsiddinov,
Uchqo‘rg‘on tumani adliya bo’limi boshlig‘i