Янгиликлар
Chortoq tumani adliya bo’limining aralashuvu bilan tadbirkor foydasiga 217 370 995 so’m qarzdorlik undirilishi ta’minlandi
Chortoq tuman adliya bo‘limi tomonidan “Muattar xalol risq” MChJ rahbari A.S.ning jamiyat tomonidan javobgar tashkilotda ta’mirlash ishlarini bajarilgan bo‘lsada, javobgar tomonidan qarzdorliklar to‘lanmay kelinayotganligi sababli, haqdorlikni undirish yuzasidan sudga da’vo ariza kiritishda amaliy yordam berishni so‘rab qilgan murojaati yuzasidan quyidagilar aniqlangan.
Jumladan, haqiqatdan ham MChJ томонидан javobgar tashkilotda ta’mirlash ishlari bajarilgan bo‘lsada, javobgar tomonidan qarzdorlik to‘lanmay kelinayotganligi, taraflar o’rtasidagi shartnomaga muvofiq bajarilgan ishlar yuzasidan tuzilgan solishtirma dalolatnomaga asosan belgilangan qarzdorlik keltirilgan.
Shunga ko’ra, Adliya bo’limi tomonidan da’vogar “Muattar xalol risq” MChJ foydasiga bajarilgan ishlar uchun haq undirish yuzasidan Iqtisodiy sudga da’vo arizasi kiritildi.
Natijada, sud tomonidan da’vo qanoatlantirilib, tadbirkor foydasiga 217 370 995 so’m qarzdorlik undirilishi ta’minlandi.
Chortoq tuman adliya bo‘limi