Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Yoshlar muammolarini hal etish uchun navbatdagi “Sayyor qabul” tashkil etildi.


2024-yil O'zbekistonda "Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili" deb eʼlon qilingani adliya tizimida faoliyat olib borayotgan har bir xodimni yoshlar muammosini oʻrganish va ularni huquqiy savodxonligini oshirishga undandi. 

Shu jihatdan, Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshlig'i Sabirov Xayrullo Ismailovich tomonidan Namangan shahar "Marg'ilon" MFYda otaliqqa olingan yoshlar hamda ularning oila a'zolari uchun “Sayyor qabul” o‘tkaziladi. 
 
Qabul jarayonida 10 nafar yoshlar o'zlarini qiynayotgan savollar bilan murojaat qilib, asbob-uskunalar harid qilish uchun subsidiya, kontrakt va ijara to‘lovi, davolanish, ID karta olish va shu kabi masalalarda yordam so‘radi.

Yoshlar bilan yuzma-yuz muloqotlarni o'tkazib borishdan ko'zlangan maqsad, avvalo inson huquq hamda manfaatlarini ta'minlash orqali xalqimizning farovon, baxtli hayot kechirishi uchun munosib shart-sharoitlar yaratishdan iborat. 

 https://t.me/namanganadliya/25959




Namangan viloyat adliya boshqarmasi