Янгиликлар
Adliya vazirligi tashabbusi bilan respublika bo‘yicha o‘tkazilayotgan #ziyo_ulash aksiyasi doirasida "Navruz" bayrami arafasida 108 ta mahallada yoshlar uchun kutubxonalar tashkil etildi.
Aksiya davomida respublikadagi 213 ta mahallada kutubxona tashkil qilinib, 60 mingga yaqin kitoblar, 155 ta kompyuter va 2 240 dan ortiq mebel jihozlari sovg‘a qilindi.
Shu bilan birga, 40 ming kitobni o‘zida jamlagan elektron kutubxonadan foydalanish imkoniyati yaratildi.
Jumladan, Namangan viloyatida ham mazkur tashabbuq qo’llab-quvvatlanib, Mingbuloq tumanning “Mehnatobod” mahallasida ochilgan mo‘jazgina kutubxona ham mahalla yoshlari uchun bayram arafasida katta sovg‘a bo‘lganini tadbirda ishtirok etgan mahalla faollari va nuroniylar alohida taʼkidlashdi.
Shunindek, To’raqo’rg’on tumani, Sohibkor mahallasida ham shinamgina kutibxona o’z faoliyatini boshladi.
Aksiyada adliya organlari bilan birgalikda “O‘zArxiv” agentligi viloyat boshqarmasi, Notarial palataX.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi ham ishtirok etdi.
Kelgusida Adliya vazirligi tomonidan kutubxona tashkil qilingan mahallalarda kitobxon yoshlar uchun respublika bo‘yicha tanlov tashkil etilishi rejalashtirilgan.
https://t.me/namanganadliya/25732
Namangan viloyati adliya boshqarmasi