Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Yoshlarga dehqonchilik qilish uchun yer berilyapti, ular yerning «tili»ni topsa bo‘lgani


Xabaringiz bor, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan 23 fevral kuni yoshlar bandligini ta’minlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi. Unda aholi, xususan yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida paxta va g‘alla maydonlari qisqartirilib, dehqonchilik qilish uchun bu yil yana 60 ming 500 gektar yer yoshlarga ajratilishi qayd etib o‘tilgan edi. Ushbu topshiriqlar ijrosi yuzasdan Kosonsoy tumanida ham 366 gektar yer maydonlari yoshlar uchun ajratilmoqda.

Kosonsoy tumanidagi “Zamondosh” madaniyat markazi hamda 4-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida yoshlar yetakchilari tomonidan tavsiya bergan yer olish istagidagi yoshlar ishtirokida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda dehqonchilik qilish qadriyatlari, «Bir kontur, bir mahsulot» tamoyili asosida o‘qitish, suv tejovchi texnologiyalardan unumli foydalanish kabi masalalarda so‘z bordi.

O‘quv-seminarida Kosonsoy tuman hokimi o‘rinbosari, tuman nuroniylar Kengashi raisi, tuman adliya bo‘limi boshlig‘i, ATB “Agrobank” tuman filiali boshqaruvchisi hamda limonchilik bo‘yicha ko‘p yillik tajribaga ega, limonchilik maktabi asoschisi, «Do‘stlik» ordeni sohibi A.Eshonxo‘jaevlar tomonidan yoshlarga zarur tavsiya va maslahatlar berildi.


Namangan viloyati adliya boshqarmasi