Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Adliya vaziri oʻrinbosari “Yuksalish" sanoat zonasidagi tadbirkorlar bilan uchrashdi.


Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Namangan shahridagi “Yuksalish” sanoat zonasida boʻlib, “Namangan porloq taʼmirlash servis” masʼuliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan yaqindan tanishdi.  Tadbirkor bilan muloqotda ularni yanada jadal faoliyat olib borishlari uchun yaratilgan sharoitlar, har bir chiqarilgan qaror va farmonlar yangidan-yangi gʻoyalar ustida ishlashga turtki boʻlishi taʼkidlandi. Shuningdek, huquqiy jihatdan qanday yordam va maslahatlar kerak boʻlsa adliya vazirligi uning hududiy boshqarmasi tayyorligi maʼlum qilindi.
Shuningdek, sanoat zonadagi “Fazman” masʼuliyati cheklangan jamiyatida faoliyat olib borayotgan xodimlar bilan olib borilgan muloqotda, ishbilarmonlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida soʻz yuritib, aholi bandligini taʼminlagan ishbilarmonlarga berilayotgan imtiyozlar haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.
Joylarda tadbirkorlar bilan oʻtkazilayotgan yuzma-yuz muloqotlarni tashkil etishdan koʻzlagan maqsad ularga huquqiy tushuntirishlar berish orqali mavjud muammolarni hal etishga koʻmaklashishdan iborat.


Namangan viloyati adliya boshqarmasi 


https://t.me/namanganadliya/25361