Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Tadbirkorlar endi sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi qarorlari ustidan to‘g‘ridan to‘g‘ri sudga shikoyat qilishi mumkin


“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi (20.02.2024-y., O‘RQ–910-son) Qonun


Tadbirkorlar endi sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi qarorlari ustidan to‘g‘ridan to‘g‘ri sudga shikoyat qilishi mumkin.

Qonun bilan Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, soliq organlarining sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari bo‘yicha qabul qilingan qarorlari ustidan tadbirkorlarning to‘g‘ridan to‘g‘ri sudga shikoyat qilishiga doir cheklovlar bekor qilindi hamda sudga shikoyat qilish imkoniyatlari kengaytirildi.

Shuningdek “Xo‘jalik shirkatlari to‘g‘risida”gi, “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi va “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunlarga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, tadbirkorlik subyektining ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda kreditorlarni yozma ravishda xabardor qilish va OAVlarda bu haqda e’lon berish talabi bekor qilindi.

Bunga qadar tadbirkorlar sayyor soliq tekshiruvi va soliq auditi natijalaridan norozi bo‘lgan taqdirda, ularning shikoyatlari dastlab yuqori turuvchi soliq organi tomonidan ko‘rib chiqilishi, shundan keyingina sudga shikoyat qilishlari mumkin edi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasining

 O‘RQ–910-son Qonuni, 20.02.2024-y.