Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Meva-sabzavotlar mahsulotlari narxlari nazoratga olinadi.


Vazirlar Mahkamasining 29.02.2024 yildagi 107-sonli “Respublikada meva-sabzavot mahsulotlari eksportini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.
 
 2024 yil 1 maydan boshlab belgilangan tartibda tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha respublikadan eksport qilinadigan meva-sabzavot mahsulotlari bo‘yicha shartnomalar qiymatini monitoring qilish va eksport narxlari shakllantirilishi ustidan nazorat o‘rnatish tartibi joriy etiladi.
 
 Tavsiya etilgan minimal eksport narxlari belgilanadigan meva-sabzavot mahsulotlari ro‘yxati Savdo-sanoat palatasi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi takliflariga asosan Hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

 Meva-sabzavot mahsulotlarining eksport narxi pasayishining tafovuti tavsiya etiladiganidan 20%dan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.